So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  7 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  13 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

LegionerUz. Temurxo'ja Abduxoliqov Yulduzlar Ligasidagi sakkizinchi golini urdi, Tursunovda golli pas Yangiliklar

LegionerUz. Temurxo'ja Abduxoliqov Yulduzlar Ligasidagi sakkizinchi golini urdi, Tursunovda golli pas

Qatar Yulduzlar Ligasida mavsum yakuniga yana 3 ta tur qoldi. O'zbekistonlik futbolchilar to'p suradigan klublar bunda oldilariga qo'yilgan vazifadan tobora uzoqlashib bormoqda.

“As-Sayliya”

Temurxo'ja Abduxoliqov to'p suradigan jamoa oldiga mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlash vazifasi qo'yilgandi. Ammo “As-Sayliya” mavsumni qanchalik omadli boshlagan bo'lsa, 2-davraga kelib uni shuncha omadsiz davom ettirmoqda. Ketma-ket 5 ta o'yindan buyon zafar qucha olmay, 6-o'ringa tushib ketgani bundan dalolat beradi.

Bu safar “As-Sayliya” turnir jadvalida o'zidan ortda qolayotgan “Al-Xor” klubini qabul qilib, 1:2 hisobida engildi. Mezbonlar 59-daqiqada Abduxoliqovning penaltidan urgan goli sabab oldinga chiqib olgandi. Yakunda esa 2 ta gol o'tkazib yubordi. 88 va 94-daqiqalarda hakam Abduxoliqovning ikki jamoadoshini maydondan chetlatdi. 

Al-Sailiya

Qatar Stars League . 19-tur

02/03/2018, 22:10

2
:
1
Tugadi

Al-Khor

45'
90'

Temurxo'ja bellashuvni to'liq o'tkazdi va mavsum davomida urgan gollari sonini 8 taga etkazib oldi. Bu borada u jamoadoshi Vagner Ribeyrodan 3 ta gol ortda. Qiziq tarafi, “Al-Xor”ga qarshi 1-davra o'yini ham mag'lubiyat bilan yakuniga etgan (0:1), bellashuvda o'zbekistonlik hujumchi ogohlantirish ishlab olgandi.


TAS-IX



“Al-Haraytiyat”

Sanjar Tursunov jamoadoshlari “Al-Ahli” bilan o'yinning 78-daqiqasida uchinchi golni o'tkazib yubordi va unga javob qaytara olmadi. Tursunovning o'zi ham nima bo'layotganiga hayron. Uning aytishicha, murabbiy qaysi nuqtada muammo bo'lsa, uni Sanjarga ishonib topshirmoqda. Oddiy misol, “Al-Ahli”ga qarshi o'yinni Tursunov o'ng qanot himoyasida boshladi. 80-daqiqadagi o'zgarishdan keyin o'ng qanot yarim himoyaga o'tdi. 88-daqiqadagi o'zgarish bilan bellashuvni hujum chizig'ida yakunladi. Xuddi Serxio Robertoning “Barselona”dagi funkciyasini eslatib yuboradi.

Al-Ahli

Qatar Stars League . 19-tur

02/03/2018, 20:00

2
:
3
Tugadi

Al-Khuraitiat

45'
90'

Biroq bu “Barselona” emas, “Al-Haraytiyat”. Jamoa ligada jon saqlab qolish uchun harakat qilyapti. Buni eplash uchun yana 3 ta tur bor. Darvoqe, “Al-Ahli”ga qarshi o'yinda marokashlik Tiberkanine dubl qayd etdi. Tursunov esa ulardan biriga pas berishi bilan yodda qoldi.


TAS-IX



Kelasi turda o'zbekistonlik futbolchilarni qiyin o'yinlar kutib turibdi. “As-Sayliya” Snayder kabi futbolchisi bor bo'lgan va mazkur turda “Ar-Rayyan” postiga 6 ta gol urgan “Al-Garafa”ni qabul qiladi. “Al-Haraytiyat” esa liga peshqadami bo'lib turgan va birorta o'yinda engilmagan “Al-Duhayl” bilan kurashishiga to'g'ri keladi.

Championat.asia statistikasi

Tursunov ham, Abduxoliqov ham jamoasining asosiy futbolchisi. Biroq ularning kelgusi taqdiri hozircha mavhum.

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика