So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

LegionerUz. Tehronni teng ikkiga bo'lgan o'yinda Server Jeparov jamoasi “Persepolis”ni taslim qildi Yangiliklar

LegionerUz. Tehronni teng ikkiga bo'lgan o'yinda Server Jeparov jamoasi “Persepolis”ni taslim qildi

Tehronning “Istiqlol” klubi yaxshi relsga tushib oldi.

Bir tur avval sovrin uchun kurash olib borayotgan “Fulad” maydonida 4 ta gol urgan Jeparov jamoadoshlari, bu safar poytaxt derbisida zafar quchishga erishdi.

“Maydondagi atmosfera shunchaki super edi. Uni so'z bilan tariflashim qiyin. Menimcha, har qanday futbolchi shunday sharoitda to'p surishni orzu qiladi”, — deydi Server Jeparov. CHindan ham “Ozodi” sadionidagi muhit Tehron teng ikkiga bo'linganini ko'rsatib turgandi: “ko'klar” va “qizillar”.

“Persepolis” taqibchilaridan katta farq bilan o'zib ketgandi. 24 ta uchrashuvda ular faqatgina 1 marta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Jamoaning haqiqiy kuchi “Nasaf”ga qarshi o'yinda ham ko'rindi. Tehron derbisining birinchisida “Persepolis” 1:0 hisobida zafar quchgandi va nominal mezbonlar penaltidan gol urgandi. O'shanda germaniyalik mutaxassis SHefer Serverni 86-daqiqaga kelibgina maydonga tushirgandi.

Bu safar Jeparov uchrashuvni boshlang'ich tarkibda o'tkazdi va 80 daqiqa to'p surdi. Avvalroq Tehron derbisini Eron futbolining 100 yillik tantanalarida ishtirok etayotgan FIFA prezidenti Janni Infantino ham stadiondan ko'rishi borasida xabarlar chiqqandi. Mana shu o'yinda “Istiqlol” birinchi davradagi mag'lubiyat alamini oldi. 

Esteghlal

Vouria Ghafoori - 44'

Persian Gulf Pro League . 25-tur

01/03/2018, 17:15

0
:
1
Tugadi

Persepolis

45'
90'
44'  Vouria Ghafoori

“Istiqlol” ketma-ket 4 ta jiddiy o'yinda ishtirok etdi. Turnir jadvalida kuchli uchlikni yakunlab turgan klubni 6 mart kuni yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. SHu kuni tehronliklar safarda Umar Abdulrahmon, Ahmad Halil kabi futbolchilari bor bo'lgan “Al-Ayn”ga qarshi saf tortadi.

Championat.asia statistikasi

Jeparov “Istiqlol”ning asosiy figurasi bo'lishda davom etadi. Mamlakatning eng oldi jamoalaridan birida shunday mavqega chiqib olganiyoq uning aslida qanday futbolchi ekanidan dalolat beradi.

Muallif :
Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика