So’nggi yangiliklar

11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  1 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  5 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  11 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  8

LegionerUz. Otabek SHukurov mavsumdagi eng yomon o'yinini namoyish etdi. Nega? Yangiliklar

LegionerUz. Otabek SHukurov mavsumdagi eng yomon o'yinini namoyish etdi. Nega?

Amirlik chempionatining 18-turida Otabek SHukurov harakat qilayotgan “SHarja” futbolchilari “Emireytes” maydonida golsiz durang o'ynadi.

Otabek SHukurov har doim bo'lib kelayotgani kabi, bu safar ham to'liq o'ynadi. Bosh murabbiy Abdul Aziz Muhammad unga oxirigacha ishonch bildirdi. SHukurov bilan SHarjada bo'lib turgan agenti bilan suhbatlashganimizda, u Otabekning kayfiyati joyida emasligi haqida aytdi. “Futbol o'ynagim kelmay qoldi”, degandi futbolchi o'yinoldi mashg'ulotida. Biroq maydonga chiqdi, oxirigacha kurashdi. 

Emirates Club

Arabian Gulf League . 18-tur

02/03/2018, 21:15

0
:
0
Tugadi

Sharjah Cultural Club

45'
90'
73'  Al Hassan Saleh
82'  Youssef Kalfa
88'  Ahmed Al Shamisi (Hassan Abdulrahman)
88'  Youssef Kalfa (Khaled Khamis)
43'  Welliton (Lulinha)
44'  Yousif Saeed Juma
66'  Abdullah Ghanim Juma
71'  Vander (Mohamed Ibrahim)
80'  Mohamed Ibrahim (Suhail Al Mansoori)

Boisi ikki kun avval Otabekning 90 yoshli buvisi olamdan o'tib qolgandi. O'zini katta qilgan insonni so'nggi yo'lga kuzatishda SHukurov qatnasha olmadi. “SHarja” uning holatini tushib, uyiga borish uchun ruxsat ham bergandi. Biroq futbolchi muhim pallada jamoadoshlarini tashlab ketishni istamadi. Buvini ortga qaytarib bo'lmaydi, o'zi yurtiga qaytganida, birinchi bo'lib ziyoratlarida bo'ladi. Hozircha esa ularning haqlariga duoda.

SHukurovga qo'shilib butun jamoaning o'yini chiqmadi. SHunday bo'lsa-da, ular darvoza dahlsizligini saqlab qolishni uddalashdi. Tomonlarning SHarjada o'tgan 1-davra o'yinida mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Uchrashuv yakuniga etgach, Otabek SHukurov tvitterdagi sahifasida shunday post qoldirdi: “Qo'llab turganingiz, yordamingiz va daldangiz uchun barchangizdan minnatdorman. Bugungi natijadan ko'nglim to'lmadi, bunda o'zimni aybdor deb bildim. Keyingi bellashuvda eng yaxshi o'yinlarimdan birini namoyish etishga harakat qilaman”.

CHiroyli vada, munosib ish. O'zbekistonlik legionerlar oddiy bir jabhalarda jamoalarini norizo qilib ketgan vaqtlar bo'ldi. Bu holat aytaylik Tailand yoki SHarqiy Osiyoning bazi mamlakatlarida bizning futbolchilarga nisbatan ishonchsizlikka olib keldi. SHukurovning yo'li esa aksincha, qolgan futbolchilarga bo'lgan ijobiy munosabat uchun ham xizmat qilsa ajab emas. Biz Otabekka kuch va iroda tilab qolamiz.

Championat.asia statistikasi

SHukurov jamoasi safida to'liq o'ynayapti. U milliy terma yig'iniga ham jalb etilgani muxlislarga yaxshi malum. Amirlik chempionati kim uchundir kuchli bo'lmasligi mumkindir, biroq daromad, sharoit hamda unda o'ynayotgan qolgan legionerlar saviyasidan kelib chiqilsa, bizdan oldinda. Bunisini ham unutmaslik kerak.

Muallif :
Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика