So’nggi yangiliklar

01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1

Legionerlar: Tursunov va Jeparov gol urdi, Denisovda 90 daqiqa Yangiliklar

Legionerlar: Tursunov va Jeparov gol urdi, Denisovda 90 daqiqa

O'tgan dam olish kunlari xorijda to'p surayotgan bir qator o'zbekistonlik futbolchilar o'z jamoalari safida maydonga tushishdi.
ROSSIYA
20-sentyabr kuni Rossiya Premer-Ligasida 8-tur o'yinlariga start berildi.

Moskvaning Lokomotiv klubi azosi Vitaliy Denisov mazkur turda safarda CSKAga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. CSKAning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Denisov to'liq 90 daqiqa o'ynagan.

UFA klubida to'p surayotgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin ushbu tur o'yinida jamoasi zahirasida qolgan.

UKRAINA
20 sentyabr kuni Ukraina premer-ligasida ham navbatdagi tur o'yinlariga start berildi. Poltavaning Vorskla klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Sanjar Tursunov mazkur turda o'z hisobiga gol yozib qo'yishga erishdi. Safarda Zaparojening Metallurg klubiga qarshi to'p surgan Vorskla yirik - 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollardan biriga esa, 72-daqiqada Sanjar Tursunov mualliflik qilgan.

JAUBIY KOREYA
21 sentyabr kuni Janubiy Koreya K-Ligasida 27-tur bahslari bo'lib o'tdi. Seongnam klubida o'ynayotgan milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov mazkur turda o'z hisobida navbatdagi golini yozib qo'yishga erishdi. Ayni damda Ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan Seongnam ushbu turda Jedju Yunayted klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mezbonlarning uchrashuvdagi yagona goliga esa, 49 daqiqada Jeaparov mualliflik qilgan.

QOZOG'ISTON
Qozog'iston Premer-Ligasida pley-off bahslari davom etmoqda. 20 sentyabr kuni safarda Ostona klubiga qarshi maydonga tushgan Qarag'andaning SHaxter klubi 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Eslatib o'tamiz, SHaxtyor safida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchilar - Kamoliddin Murzoev va SHavkat Salomovlar to'p surishmoqda. Ostonaga qarshi uchrashuvda Murzoev to'liq 90 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, Salomov 79 daqiqa maydonda to'p surgan.

BAA
20 sentyabr kuni BAA Pro-Ligasida 2-tur o'yinlariga start berildi. Dubayning Ash SHabob klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov mazkur turda o'z jamoasi safida mehmonda Al Ahli klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib 90 daqiqa to'p surdi. Ash SHabob 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda Haydarov jamoasining uchinchi goliga assistentlik qilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика