So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Legionerlar: Ahmedov to'liq o'ynadi, Filiposyan maydonga qaytdi Yangiliklar

Legionerlar: Ahmedov to'liq o'ynadi, Filiposyan maydonga qaytdi

O'tgan haftaning dam olish kunlarida xorijda to'p surayotgan bir qator legionerlar o'z jamoalari safida tur uchrashuvlarida maydonga tushishdi.
ROSSIYA
2 may kuni Rossiya Premer-Ligasi 28-tur o'yinlariga star berildi. Premer-Liga peshqadamlaridan biri, Moskvaning Lokomotiv klubi o'z maydonila chempionat etakchisi Zenit klubini klubiga qarshi maydonga tushdi 1:1 hisobida durang o'ynadi. Temiryo'lchilar himoyachisi Vitaliy Denisov uchrashuvning ikkinchi bo'limi 80-daqiqasida zahiradan maydonga tushirildi va o'yin yakuniga etgunicha maydonda 10 daqiqa harakat qildi.

Maxachqalaning Anji klubi safida o'ynayotgan Odil Ahmedov, mazkur turda o'z maydonida Terek klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib to'liq 90 daqiqa o'ynadi. Uchrashuvda Anji yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

UKRAINA
Ukrainanig Vorskla klubi sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov, Ukraina Premer-Ligasi 26-tur uchrashuvida safarda Zaparojening Metallurg klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa to'p surdi. Uchrashuv Vorsklaning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan.

BAA

BAA Pro-Ligasi vakili Al SHaab klubi safida to'p surayotgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Oybek Qilichev 25-tur uchrashuvida o'z maydonida Al SHarja klubiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, 71-daqiqada almashtirilgan. O'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Dubayning Ash SHabob klubi yarim himoyachisi Aziz Haydarov mazkur tur o'yinida jamoasi qaydnomasiga kiritilmagan.

XITOY
3 may kuni Xitoy Superligasida ham 9-tur o'yinlariga start berildi. CHangchun Yatay klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov safarda Xarbin klubiga qarshi kechgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa harakat qildi. O'yin 3:1 hisobida Xarbin klubi g'alabasi bilan tugagan.

Liaoning klubida o'ynayotgan yana bir o'zbekistonlik himoyachi, Artem Filiposyan esa, mazkur turda o'z maydonida Guijou klubiga qarshi kechgan o'yinning ikkinchi bo'limi boshidan maydonga tushib 45 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика