Laporta: "Xavini "Barselona"da qoldirishga umid qilaman"
22 mar 2024 16:52
Yangiliklar
Laporta: "Xavini "Barselona"da qoldirishga umid qilaman"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Xavi kelasi mavsum jamoada qolishi mumkinligini aytdi.
"Xavi fikrini o'zgartirmasligini va iyun oyida ketishini takidlamoqda, ammo... ko'ramiz. Hali ham uni keyingi mavsumda saqlab qolishga umid qilaman, ammo bu faqat unga bog'liq", – dedi Laporta.
Avvalroq Xavi 2023/24 yilgi mavsum yakunida "Barselona" bosh murabbiyligidan ketishini elon qilgandi. 44 yoshli mutaxassis jamoani 2021 yilning noyabr oyidan buyon boshqarib kelmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" 29 turdan keyin 64 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Real" bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil etmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar