Laporta "Barselona" qachon asosiy stadioniga qaytishini tushuntirdi
19 may 2025 18:21
Yangiliklar
Laporta "Barselona" qachon asosiy stadioniga qaytishini tushuntirdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning "Kamp Nou"ga qaytish vaqtini malum qildi.
"Ayni damda kelasi mavsumdan boshlab "Kamp Nou"da o'ynashni rejalashtiryapmiz. Bu antiqa bo'ladi, chunki qurilish davom etayotganda biz o'ynaymiz. Dekabr oyiga qadar stadion 90 foizga tayyor bo'lishi kerak, ishlar 2026 yilning yozida yakunlanishi ko'zda tutilgan. Tom yopishda biroz kechikish bo'lishi mumkin. Agar hammasi rejadagidek ketsa, "Vilyarreal"ga qarshi o'yin "Olimpiya" stadionidagi oxirgi o'yinimizdir", – dedi kataloniyaliklar klubi prezidenti.
"Barselona" "Vilyarreal" bilan o'yinda 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Avvalroq "Barselona" kelasi mavsumda "Kamp Nou"ga qaytishni rejalashtirayotgani malum qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar