So’nggi yangiliklar

23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  2 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  21 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  19 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  100 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  42 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  691 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   3 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  6

"La Masiya" qanday qilib qiyin vaziyatdagi "Barselona"ni qutqarishi mumkin? Yangiliklar

"La Masiya" qanday qilib qiyin vaziyatdagi "Barselona"ni qutqarishi mumkin?

Moliyaviy muammolar aktualligicha qolayotgan bu vaziyatda klubni "La Masiya" qutqarishi mumkin.

Oxirgi oylarda "Barselona" haqida gapirilganda, yo Xavining ketishi va o'rniga kelishi mumkin bo'lgan yangi nomzod, yo klubning moliyaviy muammolari tilga olinmoqda. Rahbariyat yangilandi, lekin muammolar to'liqligicha hal qilingani yo'q. Ora-orada kataloniyaliklar qaysidir futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalib ulgurmay, transfer, oylik maosh uchun pul tanqisligi tufayli bu bitimning imkoni yo'qligi haqidagi yangilik chiqib kelyapti. Biroq "Barselona" bu kabi muammoli vaziyatda bir muncha uzoq qolib ketganiga qaramay, bunday holatni boshdan kechirgan klublardan farqli ravishda, kelajagidan unchalik havotir olmasa bo'laveradi. Sababi klub dunyodagi eng mashhur futbol akademiyalaridan biriga ega. Qizig'i, oxirgi bir necha yildagi eng yorqin xotiralar aynan o'z tarbiyalanuvchilari bilan bog'liq.


La Masiya "Barselona"ning gullagan davri

Xosep Gvardiola "Barselona" boshqaruvini qo'lga olganida, birinchi navbatda klub akademiyasiga yangi futbolchilar manbasi sifatida qaray boshladi. Jamoa tarkibida "bitiruvchilardan" Lionel Messi, Karles Puyol, Andres Inesta, Xavi, Viktor Valdes to'p tepayotgandi. O'sha maktabning vakili bo'lgan Gvardiola jamoaga Serxio Buskets va Tyago Alkantarani jalb qildi, Jerar Pikeni Ispaniyaga qaytardi.

2009 yilga kelib esa murabbiy qo'l ostida deyarli to'liqligicha akademiyadan "chiqqan" futbolchilardan iborat jamoa bor edi. Ana shu yigitlar o'sha davrda gegemonlik qilgan Ispaniya termasi asosini ham tashkil qilardi. "Barselona" o'sha yillarning eng kuchli klubi sifatida tilga olinar, ana shu jamoa o'yin uslubi va ijrochilari esa akademiya mehnati samarasi edi.


Qiyinchilik davri

2014 yil "Barselona" tepasiga Jozep Bartomeu kelganida ko'p narsa o'zgardi. Joan Laporta qo'l ostida 2000-yillarda ishlagan yangi prezident avvalgi siyosatni davom ettirishni istamadi. U ko'proq tashqi bozorga etibor berishni maqul ko'rardi. Uning davri yakunda nafaqat klub pullarini noto'g'ri ishlatish, balki yoshlarni ko'pincha etibordan chetda qoldiruvchi transfer siyosati bilan esda qoldi.

To'g'ri, bu davrda ham omadli xaridlar amalga oshirildi. Misol uchun o'sha Luis Suares va Ivan Rakitichni aaytish mumkin. Ammo aqlbovar qilmas darajadagi omadsiz kelishuvlar ko'proq esga keladi - Usmon Dembele, Antuan Grizmann, Filippe Koutino, Malkom va boshqalar. Bu orada klub Neymarni qo'ldan chiqardi va Luis Enrike ketishiga yo'l qo'yib berdi.

"La Masiya" esa faqat Messi yoki boshqa tarbiyalanuvchilari tufayligina esga olinadigan bo'ldi. Yangi nomlar chiqmay qo'ydi... Yoki shunchaki ularni asosiy jaomaga o'tkazish ishlari to'g'ri yo'lga qo'yilmadi. Keyingi davrning "pichoqqa ilinadigan" yolg'iz vakili sifatida Serxi Robertoni qayd etishimiz mumkin. Akademiyasidan yangi nomlarni chiqarolmagan "Barselona" chiqim daftari varoqlarini to'ldirishda davom etdi. 2021 yil klubni akademiyaning eng mashhur tarbiyalanuvchisi – Lionel Messi tark etdi.


Yangi yulduz orzusi

Bir tomondan olib qaralsa, aynan Messining darajasi "La Masiya"ning keyingi bitiruvchilari darajasiga adekvat baho berishga halaqit qildi. OAV, ekspertlar, murabbiy va muxlislar istab-istamay, akademiyadan "yangi Messi"ni izlashardi. Bazan yangi yulduz orzusi shunchalik kuchliligidan u yoki bu futbolchiga o'sha "yangi Messi" nomi berilar, ammo bir oz vaqt o'tib u "Messi darajasiga" javob berolmasligi malum bo'lardi. Malum vaqt bo'ldiki, "yangi Messi"lar har oy chiqaverdi.


Bu ro'yxatdagilardan Boyan Krkichni eslash mumkin. Keyin Jovanni dos Santos, Riki Puch. Jerar Deulofeuning ham faoliyati dastlabki taxminardagidek chiqmadi. Ulkan iqtidor sohibi Take Kubo "Real" tizimiga o'tib ketdi, Xavi Simons esa PSJga "boy berildi". Kimni biror jihati tomonidan Messi bilan solishtirishsa, xuddi lanatlangandek, uning "Barselona"dagi faoliyati omadsizlikka yuz tutardi.


Klassik uslubga qaytish

"Barselona"da qisqa muddat ishlagan Ronald Kuman figurasiga turlicha munosabatda bo'lish mumkin. Jamoa bilan muvaffaqiyatli natijalarga erisha olmadi, klubga qaytgan prezident Joan Laporta bilan kelishmovchilik yuz berdi, kataloniyaliklarning o'yini ham havas qilarli darajada emasdi. Umuman olganda negativ xotiralar, lekin pozitivlari ham yo'q emas.

Moliyaviy jihatdan cheklovlar sabab Kuman akademiyaga murojaat qilishga majbur bo'ldi va "La Masiya" bilan aloqani tikladi. Aynan niderlandiyalik Ansu Fatini jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylanishiga yordam berdi, Gavi debyutiga "aybdor" ham Kuman hamda Pedriga ishonch bildirgan ham Ronald bo'ldi.

Xavi shu ishni davom ettirdi. "La Masiya" tarbiyalanuvchisidan boshqacha ishni kutish ham qiyin bo'lardi. Puli ko'p bo'lmagan "Barselona" Xavi orqali ijodkor futbolchilarni yangi darajaga olib chiqishi kerak edi. Gavi, Pedri, Ansu va Alexandro Balde asosiy jamoada o'z o'rnilarini topishdi. Qolgan tarbiyalanuvchilar ham endi asosiy jamoa tomonga umid ko'zlari bilan qarardi.



Xavining "Barselona"dagi oxirgi mavsumida esa yoshlarga etibor yanada kuchaydi. Lamin Yamal jahon futbolidagi eng yosh umidli iqtidorlardan biri sifatida etiborga tushdi. Qizig'i, endi muxlislar yosh futbolchini Messiga taqqoslashga shoshilmayapti. Fermin Lopes ham sekin-asta o'sib bormoqda, Pau Kubarsi esa himoya markazining asosiy vakili bo'lib ulgurdi desak, mubolag'a bo'lmas.

Umumyi hisobad Xavi La Masiyaning 15 nafar tarbiyalanuvchisiga "Barselona" asosiy jamoasi tarkibida debyut qilish ikmonini yaratib berdi. SHunchaki ajoyib natija. Etiborlisi, Xavini klubga olib kelinayotganda ko'p bor aytilgan "Barselona" DNK"si unchalik sezilmagandek. Biroq bu vaziyatda muhimrog'i Xavi klubning etiborini yana La Masiyaga qaratgani va ishonch bildirilgan taqdirda, u erdan iqtidorli yigitlarni topib, olmozga aylantirish mumkinligini isbotlay oldi.


Kelajakdagi muammolar

Ijobiy jihatlarga qaramay, "Barselona"ni oldinda ko'plab muhim, qiyin vazifalar kutib turibdi. Yosh futbolchilar asosiy jamoa tarkibiga kirib, o'z o'rnini topib ketayotganidan quvonish yaxshi albatta. Biroq "Barsa"dek klubga sovrinlar kerak, bu esa doimo nafaqat obro' balki qo'shimcha pullar deganidir. Ular esa "Barselona"ning bugungi holatida eng muhim faktorlardan bo'lib turibdi.

"Real" bu orada xotirjamlikka berilayotgani yo'q. SHundoq ham yaxshiroq holatda bo'lgan madridliklar tarkibiga yozda Endrik va katta ehtimol bilan Kilian Mbappe kelib qo'shiladi. "Bavariya"dan Alfonso Devis kelishi borasida malumotlar mavjud. 

"Barselona" esa hozircha biroz sabr qilishiga to'g'ri keladi. La Masiya yoshlari qanchalik iqtidorli bo'lishmasin, jahon yulduzi darajasiga etishlari uchun vaqt talab etiladi. Vaqt bilan birgalikda to'g'ri murabbiy ham.

Bu esa qo'shimcha bosh og'riq. Sababi Xavi mavsum so'ngida jamoadan ketishini elon qilgan. Mish-mishlarga qaraganda, "Barselona" rahbariyati mutaxassisni fikrini o'zgartirishdan hamon umidvor. Biroq buni amalga oshirishning iloji bo'lmasa, yangi murabbiy La Masiyani unutib qo'ymasligi juda muhim hisoblanadi. Bunday akademiya bilan "Barselona" istalgan botqoqdan chiqib keta oladi. Lekin "uchish" uchun qo'shimcha kuchlar talab qilinadi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика