So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  9 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  13 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  25 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

La Liga. "Real" yana ochko yo'qotdi - "Sevilya" bilan farq 4 ochko Yangiliklar

La Liga. "Real" yana ochko yo'qotdi - "Sevilya" bilan farq 4 ochko

Ispaniya chempionati 24-turidan o'rin olgan bahsi yakuniga etdi.

Vilyarreal – Real Madrid 0:0
"Estadio de la Seramika" o'yingohi

"Vilyarreal" – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno, Pedrasa (Estupinyan, 74), Parexo, Iborra (Trigeros, 67), Lo CHelso (Ore, 87), CHukvueze (Pino, 74), Dandjuma (Dia, 67).

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Marselo (Nacho, 82), Kroos, Kazemiro, Valverde (Modrich, 78), Beyl (Yovich, 74), Asensio (Rodrigo, 78), Vinisius Junior (Azar, 82).

Ogohlantirishlar: Militao (23), Foyt (23), Asensio (29), Beyl (45), Albiol (51), Kazemiro (88).

Villarreal

LaLiga . 24-tur

12/02/2022, 19:15

0
:
0
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Estadio de la Ceramica, 17894 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
23'  Juan Foyth
51'  Raul Albiol
67'  Vicente Iborra (Manuel Trigueros)
67'  Arnaut Danjuma (Boulaye Dia)
74'  Alfonso Pedraza (Pervis Estupinan)
74'  Samuel Chukwueze (Yeremi Pino)
87'  Giovani Lo Celso (Serge Aurier)
23'  Eder Militao
29'  Marco Asensio
45'  Gareth Bale
75'  Gareth Bale (Luka Jovic)
78'  Marco Asensio (Rodrygo)
78'  Federico Valverde (Luka Modric)
82'  Vinicius Junior (Eden Hazard)
82'  Marcelo (Nacho Fernandez)
88'  Casemiro



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Xeronimo Ruli uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

SHu pallada hakamning final hushtagi yangradi va jamoalar bir ochkodan ishlab olishdi.  

90+3-daqiqa. "Vilyarreal"ning ham hujumi oxiriga etmadi. 

90+2-daqiqa. Qanday vaziyat?! Azarning ajoyib harakati va uzatmasidan keyin Yovich darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, to'pni uning ustidan tashlab qo'ydi, lekin yana ustun... Takroriy urinishdagi zarbani esa himoyachi qaytarib qoldi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Uchrashuvning so'nggi daqiqasida "Vilyarreal" gol urib ketishi mumkin edi. Kurtua yaxshi harakat qildi, qo'shimchasiga o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

88-daqiqa. Ogohlatirish! Kazemiro raqibini mehr bilan ushlab qolib, qo'yib yubormadi. Sariq kartochkani esa kulib qarshi oldi. Sababi u bu harakatining oqibatini yaxshi bilardi.

88-daqiqa. Rodrigo offsaydda qolib ketgandi. 

87-daqiqa. O'zgarish! Lo CHelso o'rniga maydonga Serj Ore tushirildi. 

86-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek.

84-daqiqa. Rodrigo to'p oshirishda oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi va hujum boshlanish fazasidayoq uzilib qoldi.  

82-daqiqa. O'zgarishlar! Vinisius va Marselo uchun o'yin yakuniga etdi. O'yinga esa Nacho va Eden Azar qo'shildi.  

81-daqiqa. Bulae Dia Rodrigoni jarima maydoniga kirib ketishiga yo'l qo'ymadi.  

79-daqiqa. Marselo qo'pollik bilan to'xtatildi.  

78-daqiqa. O'zgarishlarAsensio va Valverde o'rniga Modrich va Rodrigo maydonga tushirildi.  

76-daqiqa. "Real" darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keldi, lekin Alaba va Kurtua ishonchli harakat qilishdi.  

"Vilyarreal"da esa Semyuel CHukvueze o'rniga Eremi Pino, Alfonso Pedrasa o'rniga esa Estupinyan o'yinga qo'shildi. 

74-daqiqa. O'zgarish! Garet Beylning o'rniga Luka Yovich maydonga tushirildi. 

73-daqiqa. Garet Bey to'pni oshirayotgan pallada Vinisius o'yindan tashqari holatda ekanligi malum bo'ldi. 

71-daqiqa. Bu safar Karlos Kazemiro zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchakdan uzatilgan to'pni esa darvozabon egallab oldi. 

70-daqiqa. Toni Kroos jarima maydonchasiga kirmay zarba berdi, urinishi aniq, ammo Ruli bugun bunday zarbani o'tkazib yubormaydi.  

69-daqiqa. "Real" ikkinchi bo'limda raqib darvozasi tomon ko'proq xavf solmoqda.  

66-daqiqa. O'zgarish! Visente Iborra o'rniga Manu Trigeros, Arne Gryoneveld o'rniga esa Bolae Dia tushdi. 

64-daqiqa. Garet Beyl birga-bir vaziyatdan zarba berdi, ammo bu safar ham Xeronimo gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi.  

62-daqiqa. "Real"ning juda uzoq davom etgan hujumi noaniq uzatma sabab uzilib qoldi.  

58-daqiqa. Yana Ruli! Vinsiusda qulay vaziyat bo'ldi, u zarba ham berdi, lekin posbon braziliyalik futbolchini chiroyli tarzda qarshi oldi.  

57-daqiqa. Marko Asensioning qanotdan uzatmasidan keyin yana Beyl to'pga intildi, ammo eta olmadi.  

56-daqiqa. GARET BEYL!!! Vinsius bu safar to'pni sherigidan qizg'onmadi va uelslikning zarbasidan keyin Rulining qo'llariga tekkan to'p, darvoza to'sini orqali maydonni tark etdi.   

55-daqiqa. Karvaxal fol ishlatdi deb topildi.

51-daqiqa. Ogohlantirish! Raul Albiol qanotdan oldinga o'tib ketayotgan Vinisiusni to'xtatishning folsiz yo'lini topa olmadi.   

50-daqiqa. Militao to'pni olib qo'ygach, Marselo o'z jamoasi hujumini boshlab berdi va Asensio zarba berdi, lekin to'p darvozadan biroz yuqoriroqdan o'tib ketdi.   

49-daqiqa. Ruli havodan kelayotgan to'pni qaytarish chog'ida Raul Albiolni ham ayab o'tirmadi. Himoyachi yordamga muxtoj. 

47-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, birinchi bo'lim yakuniga etdi va hozircha hisob 0:0.

Uzatmadan keyin Kazemiro zarba berdi, lekin offsayd.

45+4-daqiqa. Yana Vinisiusga nisbatan raqiblardan biri qo'pollik ishlatgandek. Har holda futbolchining yuziga raqibning qo'l bilan harakatidan keyin "Real" futbolchisi maydonga yiqildi. 

45+2-daqiqa. "Vilyarreal" to'p bilan muomalada bo'lib turibdi.   

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Garet Beyl maydon markazida raqibi oyog'iga ochiqchasiga zarba berdi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

45-daqiqa. Vinisius to'pga tegmay raqibni dog'da qoldirgandi, lekin keyin to'p futbolchidan orqaroqda qolib ketdi. 

42-daqiqa. Garet Beylning ajoyib harakati oqibatida vaziyat yuzaga keldi, lekin Xeronimo Ruli ham jamoasiga pand bermadi.  

Follar bo'yicha ko'rsatkich 5:2 mezbonlar foydasiga. 

40-daqiqa. Mezbonlar uchinchi burchak zarbasidan ham naf chiqara olishmadi.  

39-daqiqa. CHukvueeze zarbasi nishonga aniq bormadi.   

38-daqiqa. Vinisius ikki raqibiga qarab bordi va to'pni yonga tashlagach, ulardan biriga to'qnashib yiqildi, ammo hakam fol yo'q deb hisobladi.  

35-daqiqa. Garet Beyl imkon tug'ilishi hamonoq zarba berdi, lekin noaniq. 

34-daqiqa. Parexoning zarbasi o'xshamadi. Tibo Kurtua to'pni erkin zarba bilan o'yinga kiritadi. 

33-daqiqa. CHukvueze qanotda Marseloni aldab  ketdi va uzatmani amalga oshirdi, biroq Karvaxal to'pni maydondan chiqarib yuborib, xavfni bartaraf etdi.

Futbolchi o'rnidan turdi va o'yin davom ettiriladi. 

29-daqiqa. Ogohlantirish! Marko Asensio bir nechta raqiblari o'rab olgandi, to'pni o'zi bilan olib ketish maqsadida amalga oshirgan harakati davomida Visente Iborraga jarohat etkazib qo'yishi hech gap emasdi.   

28-daqiqa. Valverde boshlab bergan hujumni yana o'sha Vinni zarba bilan yakunladi, lekin urinish juda noaniq chiqdi. 

25-daqiqa. Himochilar Vinisiusga imkon qoldirishmadi, "Vilyarreal"ning ehtimoliy qarshi hujumini esa Garet Beyl pressingda faollik ko'rsatib, to'xtatib qoldi.  

23-daqiqa. Ogohlantirishlar! Hakam ortiqcha gaplari uchun Eder Militao va Xuan Foytga sariq kartochka ko'rsatdi. 

21-daqiqa. Raqibning xatosidan keyin to'pni egallab olgan Marselo darhol shunday xato bilan javob berdi.

18-daqiqa. Xavfli vaziyat! Hozir "Vilyarreal" futbolchilari hisobni ochishga juda yaqin kelishgandi, Lo CHelsodan uzatmasidan keyin Gryoneveldning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Uzatmadan keyin Kazemiro ko'ngildagidek zarba bera olmadi. 

16-daqiqa. Yana Vinni yiqitildi - jarima zarbasi. 

14-daqiqa. Mezbonlarning hujumi uzilib qoldi.  

13-daqiqa. Raul Albiol jarima maydonchasi ichida Vinisiusga nisbatan keskin harakat qildi. Lekin hakam himoyachi fol ishlatmadi deb topdi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


Villarreal

LaLiga . 24-tur

12/02/2022, 19:15

0
:
0
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Estadio de la Ceramica, 17894 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
23'  Juan Foyth
51'  Raul Albiol
67'  Vicente Iborra (Manuel Trigueros)
67'  Arnaut Danjuma (Boulaye Dia)
74'  Alfonso Pedraza (Pervis Estupinan)
74'  Samuel Chukwueze (Yeremi Pino)
87'  Giovani Lo Celso (Serge Aurier)
23'  Eder Militao
29'  Marco Asensio
45'  Gareth Bale
75'  Gareth Bale (Luka Jovic)
78'  Marco Asensio (Rodrygo)
78'  Federico Valverde (Luka Modric)
82'  Vinicius Junior (Eden Hazard)
82'  Marcelo (Nacho Fernandez)
88'  Casemiro


"Vilyarreal" – "Real Madrid"

20.15, "Estadio de la Seramika"

"Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Pedrasa, Iborra, Lo CHelso, Parexo, CHukvueze, Danjuma, Moreno

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Militao, Alaba, Marselo, Valverde, Kazemiro, Kroos, Asensio, Beyl, Vinisius

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика