La Liga. 3 ta gol va 3 ochko - "Real" chempionlik sari dadil odimlamoqda
15 mar 2022 02:59
Yangiliklar
La Liga. 3 ta gol va 3 ochko - "Real" chempionlik sari dadil odimlamoqda
"Malorka" – "Real Madrid" 0:3
15 mart, 01.00, "Son Moish"
Gollar: 0:1 – 55 Vinisius Junior, 0:2 – 77, penalti Benzema, 0:3 – 82 Benzema.
"Malorka" – Riko, Maffeo, Railo, Valent, Olivan, Dani Rodriges (Ndiaye, 79), Kubo (Li Kan In, 78), Baba (Grene, 86), Sanches (Sevilya, 68), Anxel Rodriges (Prats, 68), Muriki.
"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Nacho, Mendi (Marselo, 80), Kroos, Kazemiro (Kamavinga, 61), Valverde (Modrich, 60), Vaskes (Karvaxal, 70), Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo (Asensio, 71).
Ogohlantirishlar: Valverde (17), Vinisius Junior (30), Anxel Rodriges (30), Vaskes (52), Railo (69), Maffeo (76).
|
Mallorca |
LaLiga . 28-tur 15/03/2022, 01:00 3
:
0
Tugadi
|
Real Madrid Vinicius Junior - 55', Karim Benzema - 77', Karim Benzema - 82' |
Stadion: Visit Mallorca Estadi, 17191 tomoshabin
Bosh hakam: Jose Sanchez

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.
90+5-daqiqa. So'nggi soniyalarda "Real" yana bir burchak zarbasini amalga oshirdi. Xavf bartaraf etilgach, bosh hakam final hushtagini chaldi va "Real" 3:0 hisobida zafar quchib, navbatdagi 3 ochkoni hisobiga qo'shib qo'ydi.
90+3-daqiqa. Kamavinganing faolligi evaziga Vinisius to'pni jarima maydonchasida qabul qilib oldi va biroz darvozaga yaqinlashgach, zarba yo'lladi, biroq to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.
90+2-daqiqa. Tibo Kurtua shoshilmay to'pni o'yinga kiritib berdi.
Hakamga o'yinning borishi maqul kelyapti chog'i, g'olib nomi aniq bo'lib ulgurgan bir pallada ham 5 daqiqani kamaytirmaslikka qaror qildi.
O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!
90-daqiqa. Dani Karvaxal to'pni uzoqlashtirishda faollik ko'rsatdi.
90-daqiqa. "Malorka" vaziyat yaratish ilinjida. Biroq Vedat Murikining zarbasiga aniqlik etishmadi.
Benzema maydonni tark etdi va o'zgarish qilish uchun imkoniyati qolmagani sabab, "Real" bellashuvni bir kishi kam bo'lib yakunlab qo'yadi.
86-daqiqa. O'zgarish! Idrissu Baba o'rniga Kleman Grene o'yinga qo'shildi.
85-daqiqa. Uchrashuv qaxramoni Benzema maydonda o'tiganicha, zaxira o'rindig'i tomon qaramoqda... Futbolchi jarohat olgan ko'rinadi.
Endi Karim Benzema hisobida La Liga doirasidagi o'yinlarda 22 ta gol bor!
82-daqiqa. GOOOOOOL! Hozirgina maydonga tushgan Marseloning uzatmasidan keyin Karim Benzema dublni rasmiylashtirmoqda.
81-daqiqa. "Real"ning navbatdagi hujumi burchak zarbasi bilan davom etadi.
80-daqiqa. O'zgarish! Ferlan Mendi o'rniga Marselo.
77-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzema oradagi farqni ikkita to'pga oshirdi! Franciyalik futbolchi shu zarbasi bilan amalda o'yin taqdirini hal qildi.
76-daqiqa. Ogohlantirish! Qo'polligi uchun Pablo Maffeoga sariq.
75-daqiqa. Ortga qaytib to'pni olib qo'ygan Vinisius, o'zi boshlagan hujumning yakunida Benzema uchun penalti ishlab berdi.
73-daqiqa. Maydon markaziga yaqin nuqtada Eduardo Kamavinga qanchalik urinmasin to'pga eta olmadi va Vedat Murikining maydonga qulashiga sabab bo'ldi. Hakam jarima zarbasi belgiladi.
70-daqiqa. O'zgarishlar! Lukas Vaskes va Rodrigoning o'rniga Dani Karvaxal hamda Marko Asensio o'yinga qo'shildi.
69-daqiqa. Takefusa Kubo "qirollik klubi"ning ancha xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan hujumini to'xtatib, to'pni olib qo'ydi va darhol sherigiga uzatdi, biroq u yaponiyalik oshirgan to'pni bo'ysundira olmadi.
68-daqiqa. O'zgarishlar! Antonio Sanches va Anxel o'rnini Salva Sevilya hamda Abdonga bo'shatib berdi. 
67-daqiqa. Karim Benzema to'pni jarima maydonchasi ichiga yo'llagandi, himoyachi ishonchli harakat qildi.
66-daqiqa. Antonio Sanches to'p uchun kurashda Eduardo Kamavinga nisbatan qo'pol harakat qildi deb topdi hakam.
64-daqiqa. CHap qanot himoyachisi bo'lgan Brian Olivan hujumga qo'shildi va uzatmani amalga oshirdi, ammo u yo'llagan to'pga sheriklaridan hech kim etib bora olmadi.
62-daqiqa. Idrissu Baba qarshi hujumga qochib ketayotgan Rodrigoni futbolkasidan ushlab, to'xtatib qoldi.
60-daqiqa. O'zgarishlar! Valverde va Kazemiro o'rniga maydonga Luka Modrich va Eduardo Kamavinga tushirildi.
58-daqiqa. Kazemiro ketma-ket ikki bor o'yin qoidasini buzdi.
SHuningdek, bu vaziyatda to'pni olib qo'yishda jonbozlik ko'rsatgan Federiko Valverdening faolligini ham alohida takidlash lozim.

55-daqiqa. GOOOOOL! Vinisius Junior Karim Benzemaning uzatmasidan keyin to'pni darvozabonning oyoqlari orasidan o'tkazib, mo'ljalga aniq yo'lladi. Yana shu juftlik o'z so'zini aytmoqda.
52-daqiqa. Ogohlantirish! Lukas Vaskes ham qanotdagi kurashda Kuboni ayab o'tirmadi. Natijada, qo'pol harakati uchun ispaniyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi.
49-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Bo'ldi, shu pallada hakam birinchi bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozir hech bir jamoa hisobni ochishga muvaffaq bo'la olmadi.
45+2-daqiqa. Kuboning uzatmasidan keyin Kazemiro to'pni Kurtua qo'riqlayotgan darvoza yaqinidan uzoqlashtirdi.
45+1-daqiqa. "Malorka" hujumga o'tdi va qulay vaziyat yaratish ilinjida. Rodrigo Railoga nisbatan o'yin qoidasini buzgan deb topilmoqda.
45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44-daqiqa. David Alabaning zarbasidan keyin to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

42-daqiqa. Benzema-Vinisius juftligining faolligi mehmonlarga yana bir burchak zarbasini taqdim etdi.
41-daqiqa. Avvaliga Karim Benzema jarima maydonchasi ichidagi sherigiga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi, keyin Toni Kroos jarima maydonchasiga kirmay, zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga aniqlik etishmadi.
40-daqiqa. Take Kuboning qanotdan uzatgan to'pini Tibo Kurtua egallab oldi.
39-daqiqa. "Real" navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi. Brian Olivan to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirishga muvaffaq bo'ldi.
37-daqiqa. Muriki markazga yaqin hududda Toni Kroosni chalib yiqitdi va hakam fol qayd etdi.
34-daqiqa. Vedat Muriki boshi bilan to'pni sherigiga etkazmoqchi edi, ammo u to'pni qabul qilishdi, o'ziga o'nglab olishda sustkashlikka yo'l qo'ydi.

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 26-74 foiz hisobida "Real" foydasiga.
30-daqiqa. Ogohlantirish! O'ta qiziqqonligi uchun Vinisiusga sariq kartochka ko'rsatilmoqda. Qo'shimchasiga braziliyalik futbolchi hakamga borib bir nimalar deb yubordi. SHuningdek, "Real" futbolchisi bilan kelisha olmay qolgan Anxel ham sariq kartochka ishlab oldi.
30-daqiqa. Futbolchilardan biriga tibbiy yordam ko'rsatilishi zarur. SHu sababli, o'yin to'xtatildi.
26-daqiqa. "Malorka" to'pni o'z nazoratida ushlab turishga urinmoqda.
Bu safar ham jarima zarbasini Kroos amalga oshirib berdi, lekin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'lishdi.
23-daqiqa. Dani Rodriges Vinisiusga nisbatan qo'pol harakat qildi.
21-daqiqa. Toni Kroos jarima zarbasidan to'pni sheriklari tomon yo'lladi, lekin Vinni o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi.
20-daqiqa. "Real" raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda. Vinisius qoidani buzdi deb topildi, U Antonio Railoga nisbatan fol ishlatdi.
17-daqiqa. Ogohlantirish! Takefuso Kuboga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Federiko Valverdega sariq kartochka ko'rsatildi.
14-daqiqa. Kazemiro to'p uchun kurashda fol ishlatdi deb topildi. Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi bugun sariq kartochka oladigan bo'lsa, navbatdagi bahs "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
12-daqiqa. Fede Valverde qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga yo'lladi, Pablo Maffeo xavfni bartaraf etdi.
11-daqiqa. "Malorka" uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatini yaratishga yayin kelgandi, biroq Vedat Muriki to'p bilan o'zi istagandek muomala qila olmadi.
7-daqiqa. Rodrigo qanotda Kuboga nisbatan qo'pol harakat qildi va hakam jarima zarbasi belgiladi.
5-daqiqa. "Real" ketma-ket hujum uyushtirib, tezkor gol urishga urinmoqda.
3-daqiqa. Vinisius Junior chap qanotdan oldinga o'tishga urinib eo'rdi, ammo himoyachi uni jarima maydoniga kirishiga yo'l qo'ymadi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar