La Liga grandi "Bayer" etakchisi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor
07 apr 2024 01:48
Yangiliklar
La Liga grandi "Bayer" etakchisi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor
"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virc Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Jurnalist Antonio Gonsales Galyardoning xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" ushbu transferni 2025 yilda rejalashtirishmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, "blankos" hozirda o'yinchini "Bayer"da shug'ullantirayotgan Xabi Alonsoni ham bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin.
Aynan Alonsoning "Real"ga tayinlanishi o'yinchi uchun boshqa klublar bilan bo'ladigan kurashda ustunlik beradi. Futbolchiga asosan APLda qiziqish bor.
20 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 18ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar