Kutilmagan yangilik: Aleksis Sanches 16 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
07 fev 2018 17:13
Yangiliklar
Kutilmagan yangilik: Aleksis Sanches 16 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches 16 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Biroq u jazoni maxsus joylarda o'tamaydi.
Malumotlarga ko'ra, chililik futbolchi 2012-2013 yillarda "Barselona" safida o'zining imij huquqlarini sohtalashtirganlikda ayblangan edi.
Mankunianlar forvardi bosh prokuratura va Ispaniya prokurori bilan kelishuvga erishdi. Sanches endi 890 ming funt jarima to'laydi.
Fikrlar