Kurtua: "Real" g'alabaga loyiqmidi yoki yo'q, bilmadim"
03 apr 2022 10:20
Yangiliklar
Kurtua: "Real" g'alabaga loyiqmidi yoki yo'q, bilmadim"
"Real" posboni Tibo Kurtua LaLigada "Selta"ga qarshi o'yindagi qiyin g'alaba haqida gapirdi.
"Bu uch ochko juda muhim. "Selta" maydonidagi o'yinlar doimo qiyin o'tgan. Har holda faoliyatim davomida ushbu stadionda oson g'alabaga erishmaganmiz. G'alabaga loyiqmidik yoki yo'q, bilmadim. Birinchi bo'limda yaxshi seyvlar amalga oshirdim. SHundan keyin raqiblarni o'z yarim maydoniga qamay oldik va uchta penalti ishladik.
"Selta" to'p bilan yaxshi o'ynadi va intensiv futbol namoyish qildi. Birinchi bo'limda ularni bosimda ushlab tura olmadik. Ular markaz orqali o'yinni boshqarishdi, biroq yakunda biz yutib ketdik. CHorshanba kuni ECHLdagi o'yin kutib turibdi. Maqsad sari intilish kerak", - dedi Kurtua.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar