Kurtua: "Darvozabon bo'lishimga sohil voleyboli yordam bergan"
11 avg 2018 16:40
Yangiliklar
Kurtua: "Darvozabon bo'lishimga sohil voleyboli yordam bergan"
"Real" yangi darvozaboni Tibo Kurtua darvozabonlik qobiliyatlari qachon paydo bo'lgani haqida aytib berdi.
"Kichkinaligimda ota-onam va akalarim voleybol o'ynashar edi. Uyimizda sohil voleyboli uchun maydoncha bo'lgan va menga qumga yiqilish, to'pga otilish yoqardi. O'shandayoq menda darvozabonlik sifatlari paydo bo'lgan.
Futbol o'ynashni chap qanot himoyachisi sifatida boshlaganman, ammo bir kun kelib darvozaga turdim. Murabbiy iqtidorimni ko'ra bildi va o'shandan beri darvozani qo'riqlayman" - deydi Kurtua.
Fikrlar