So’nggi yangiliklar

21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  3 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  154 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  36 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  25 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  28

Kurtua CHempionlar ligasida Messining penaltisini qaytardi. Yana kimlar bu ishni uddalagan? Yangiliklar

Kurtua CHempionlar ligasida Messining penaltisini qaytardi. Yana kimlar bu ishni uddalagan?

Kecha CHempionlar ligasining 1/8 finalida PSJ "Real"ga qarshi maydonga tushdi.

O'yinining 62-daqiqasida Kilian Mbappe raqib jarima maydoniga yorib kirdi. Franciyalik futbolchini Karvaxal to'xtatib qoldi. Hakam ikkalanmasdan 11 metrli nuqtaga ishora qildi. To'pga Lionel Messi yaqinlashdi.

Messi CHempionlar ligasi joriy masumida penaltidan ikkita gol urdi. Ammo bu safar argentinalik hujumchining zarbasini Kurtua bartaraf etib, uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi.

Bu Messining turnirdagi beshinchi noaniq penaltisi edi. Keling, Leoning avvalgi noaniq urinishlarini yodga olamiz.


PSJ — Barselona 1:1

10.03.2021, ⅛ final

Darvozabon: Keylor Navas

Bir yil oldin Messi "Barselona" libosida aynan PSJ darvozasiga penaltidan to'p kiritolmagandi. PSJ safarda kataloniyaliklarni dastlabki o'yinda 1:4 hisobida mag'lub etgandi. Javob o'yinida Mbappe tezda parijliklarni oldinga olib chiqdi, Messi hisobni tenglashtirdi, keyin esa birinchi bo'limning qo'shib berilgan daqiqalarida dubl qilish imkoniyatiga ega bo'ldi, lekin muvaffaqiyatsiz zarba berdi.



Manchester Siti — Barselona 1:2

24.02.2015, ⅛ final

Darvozabon: Jo Xart

Nimchorak finalning ilk bahsi kataloniyaliklar uchun omadli keldi. Hatto birinchi bo'limdayoq Luis Suares dubl qayd etdi. Tanaffusdan keyin Serxio Aguero oradagi farqni qisqartirdi. Qo'shib berilgan daqiqalarda Messi 11 metrli nuqtadan aniq zarba yo'llab, keyingi bosqich masalasini ertaroq hal qilishi mumkin edi, biroq Jo Xart to'pni qaytardi. Argentinalik futbolchi to'pni boshi bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi. Lekin bu kataloniyaliklarning keyingi bosqichga chiqishiga to'sqinlik qilmadi.



Barselona — CHelsi 2:2

24.04.2012, yarim final

Darvozabon: Petr CHex

Haqiqiy triylerbop o'yin. "CHelsi" qarama-qarshilikning birinchi o'yinida minimal g'alabaga erishdi. Javob uchrashuvi londonliklar uchun juda yomon boshlandi - 35 daqiqada Serxio Buskets hisobni ochgan bo'lsa, 37 daqiqada Jon Terri to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Tanaffusgacha jamoalar yana bittadan urishdi. Keyingi bosqichga chiqish uchun "Barselona" ozchilikda o'ynayotgan "CHelsi"ga gol urishi kerak edi. Biroq 50 daqiqada Leo Messi 11 metrdan darvoza to'sini tomon zarba yo'lladi hamda uchrashuv so'ngida Fernando Torres qarshi hujum natijasida hisobni tenglashtirib, kataloniyaliklarni musobaqa bilan xayrlashishga majbur qildi.



Barselona — Panatinaikos 5:1

14.09.10, guruh bosqichi

Darvozabon: Aleksandros Corvas

Messining guruh bosqichidagi yagona penaltidan foydalana olmagan bahsi yunonlarga qarshi o'yinga to'g'ri kelgan. Argentinalik futbolchi vaziyatdan foydalana olmaganida, tabloda 3:1 hisobida "Barselona" foydasiga ishlayotgandi. Leo qulay imkoniyatni ko'kka sovurgan bo'lsa-da, uchrashuv davomida dublga erishdi, bu esa kataloniyaliklarning ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozonishini taminladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика