So’nggi yangiliklar

16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  0 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  0 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  3 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  3 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  5 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  3 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  4 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  4 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  6 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3

"Kuragi erga tegmagan" "Lokomotiv" ustidan g'alaba qozondik". Futzal bo'yicha murabbiylarning kechagi o'yindan keyingi fikrlari Yangiliklar

"Kuragi erga tegmagan" "Lokomotiv" ustidan g'alaba qozondik". Futzal bo'yicha murabbiylarning kechagi o'yindan keyingi fikrlari

Teglar :  Futzal
Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasining 4-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Kechagi o'yinlardan so'ng jamoa murabbiylari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. 


Ahadjon Yusupov («Lokomotiv» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Raqib jamoa o'zi sodir etgan xavfli vaziyatlardan 90% dan foydalana oldi, bizda esa bu ko'rsatkich 20-30% ni tashkil etdi. Omadga ham bog'liq, bizdan omad yuz o'girdi. CHempionatimizdagi ilk ochko yo'qotish, birinchi davraning so'nggi uchrashuvlaridan birida mag'lubiyatga uchradik. AGMK vakillari chiroyli va tartibli o'yin namoyish eta olishdi, ularni tabriklayman. «Nasaf»ga qarshi faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz, aks holda qiyin vaziyatga tushib qolishimiz hech gap emas.




Aleksandr Petrov (AGMK futzal jamoasi bosh murabbiyi): 

- O'yin borasidagi tafsilotlarimiz yoqimli, negaki joriy yilgi chempionatda hali biron marta «kuragi erga tegmagan» «Lokomotiv» ustidan g'alaba qozondik.  Buning uchun jamoamiz azolaridan minnatdorman. Ular bergan topshiriqlarimizni bekamu ko'st bajarishdi, olg'a intilishdi, kurashishdi va yakunda g'alaba qozonigshdi. Bu esa turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilib olishimizga turtki bo'ldi.

«Lokomotiv» qiyinchilikka uchradi. Asosan uch-to'rt nafar futzalchisi jamoani tortib keta oladi. Qolganlari hali yosh, zaxira o'rindig'i ham to'liq emas. SHunga qaramay maydonda jiddiy qarshilik ko'rsatishdi, xavfli vaziyatlar ham ikkala jamoa tomonidan deyarli bir xil ko'rinishda bo'ldi. O'yinimiz muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi deb ayta olaman.




- Dilshod Xaydarqulov («Dinamo» futzal jamoasi bosh murabbiyi): 

- Uchrashuvning dastlabki o'n daqiqasi biz uchun nihoyatda qiyin o'tdi. Tezkor ikkita gol o'tkazib yuborganimiz uchun bizga «qimmatga tushdi». Tarkibimiz asosan yosh yigitlardan iborat, demak tajriba ham shunga mos. Har qanday holatda ham bu yil Oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolishimiz zarur. Buning uchun borini berishga tayyormiz.




SHuhrat Tashmedov («Paxtakor» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Raqib samarqandliklar aslida oldindan kuchli sanalib kelingan, hozir ham shunday. Tarkibi ancha yoshargan, bir so'z bilan aytganda jamoaning kelajagi bor.




Farruh Zokirov («Neftchi» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yin qiziqarli, teng kurashlar ostida o'tdi. Sababi, har ikkalasi ham bir-biriga munosib jamoa. «Qaldirg'ochlar» bosh murabbiyi Abdulla Bo'riev ajoyib jamoani shakllantirgan. Ancha-muncha raqibga nisbatan munosib o'ynay oladi. Ushbu bahsda shogirdlarim hatti-harakatidan ko'nglim to'ldi, ayniqsa darvozabon Elyor Domlaev bir qator golli vaziyatlarda o'z darvozasini qo'riqlay oldi.




Abdulla Bo'riev («Bunyodkor» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Kechagi va bugungi o'yinni taqqoslasak , bugungisi kechagisidan ham qiyinroq kechdi. «Neftchi» bugun har tomonlama ustunliqni qo'lga oldi. Maydonning har qarichida biz mag'lubiyatga uchradik. «Neftchi» haqli  ravishda g'alabaga erishdi.




Abdujabbor G'affarov («Maksam-CHirchiq» futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Kechagi xatolardan xulosa chiqara oldik. «Navbahor» ham kuchli futzal klublardan biri, ularga qarshi biznikilar ham o'z kuchini ko'rsata oldi. Vaholanki, namanganliklar etakchi klublardan biri. Ko'pchiligi yoshlar, yoshlar esa tezkor va chaqqon. Bugun himoyaviy uslub ishlatdik, asosan qarshi hujumlarga etiborni qaratdik.  Mehnatlarimiz uvol ketmadi.



Xurshid Tojiboev («Navbahor» jamoasi bosh murabbiyi):

- Raqibimiz chempionatimizning etakchilaridan hisoblanishadi. Tarkibi tajribali va asosan yoshlar terma jamoasidan jalb etilgan. Aslida maydonga faqat va faqat g'alaba uchun tushgan edik. Lekin buning aksi bo'ldi. Yigitlarim astoydil harakat qilishdi, ammo yakunda baribir mag'lub bo'lishdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика