Kulibali nima uchun hech qachon "Yuventus"ga o'tmasligini tushuntirdi
01 noy 2022 18:15
Yangiliklar
Kulibali nima uchun hech qachon "Yuventus"ga o'tmasligini tushuntirdi
"CHelsi"ning senegallik himoyachisi, avvalroq Italiya chempionatida "Napoli" safida to'p tepgan Kalidu Kulibali Turinning "Yuventus" klubiga o'tishi haqidagi savolga javob berdi.
"Menda Italiyada variantlar bor edi. "Yuventus"? "Napoli"ni hurmat qilganim uchun turinliklar safida o'ynamagan bo'lardim. Faoliyatim tugaganidan keyin nima qilaman? Ehtimol, "Napoli"ni boshqararman", – dedi afrikalik futbolchi.
Kalidu sakkiz yil davomida Neapol jamoasi ranglarini himoya qildi. Senegallik "Napoli" safida 317 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta to'p kiritdi va 9 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar