So’nggi yangiliklar

23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  0 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  26 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28

Kuchli-beshlikdagi ochko bo'lishishni yoqtiradigan jamoalar Yangiliklar

Kuchli-beshlikdagi ochko bo'lishishni yoqtiradigan jamoalar

Evropa milliy chempionatlarining kuchli-beshlikdagi eng ko'p durang qayd etgan jamoalar bilan tanishing.


Ispaniya La ligasi: "Deportivo" (17 durang)

Ispaniya chempionatida hozirga qadar o'tkazilgan 34 o'yinning teng yarmini raqiblari bilan ochko bo'lishgan "Deportivo" turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Ular shuningdek 7 g'alaba va 10 mag'lubiyatga ega.


Franciya chempionati: "Marsel" (16 durang)

"Marsel" Franciya chempionatida ushbu mavsumni juda yomon o'tkazmoqda. Ular o'tkazilgan 34 o'yindan atiga 8 tasida g'alaba qozonishgan va 10 marotaba mag'lubiyatga uchrashgan. Qolgan 16 o'yinda esa maydonni raqiblari bilan birgalikda bir ochko ishlab tark etishgan.


Angliya premer ligasi: "Vest Xem" va "Everton" (14 durang)

Angliya premer ligasida hozirga qadar ikkita jamoa boshqalardan ko'ra ko'proq durang natijasini qayd etgan. "Vest Xem" 34 o'yindan 14 uchrashuvni bir ochko  bilan yakunlagan va turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
SHuningdek, "Everton" jamoasi ham 14 marotaba raqiblari bilan bir ochko bo'lishib olgan. Ular chempionatda hozircha 11-pog'onada borishmoqda.


Italiya A Seriyasi: "Sassuolo" hamda "Verona" (13 durang)


Italiya chempionatida "Sassuolo" jamoasi 34 o'yindan 13 uchrashuvni bir ochko bilan yakunlagan. Bu jamoa 12ta bahsni o'z foydasiga hal etgan va 9 bellashuvni mag'lubiyat bilan tugatgan. "Sassuolo" turnir jadvalida 7-o'rinni band etib turibdi.
"Verona" jamoasi ham durang o'ynash bobida "Sassuolo"dan qolishayotgani yo'q. Ularning hisobida ham 13 durang mavjud. Faqatgina "Verona" "Sassuolo"dan farqli ravishda turnir jadvalida quyi o'rinni egallab turibdi. Bu jamoa chempionatdagi aksariyat ochkolarini aynan duranglari orqali ishlab olgan. Ular faqatgina 3 uchrashuvda g'alaba qozonishgan va 18 bahsni ochkosiz yakunlashgan. "Verona" katta ehtimol bilan ushbu mavsumda A Seriyadan tushib ketadi.


Germaniya Bundesligasi: "Darmshtadt" (11 durang)


Bundesligada jamoalar ko'p ham durang o'ynashni yaxshi ko'rishmaydi. Buni qolgan chempionatlardagi eng ko'p durang qayd etgan jamoalarning farqi bilan ham bilsa bo'ladi. Germaniya chempionatidagi o'tkazilgan 30 uchrashuvdan 11 marotaba durangga erishgan yagona klub bu "Darmshtadt" sanaladi. Ushbu jamoa turnir jadvalida ham mos ravishda 11-pog'onada bormoqda. Ular xattoki mag'lubiyatlar soni bo'yicha ham bir tekislikni buzishgani yo'q - 11. Faqatgina bu jamoa g'alabalar soni bo'yicha qolgan ko'rsatichlari nisbatiga ko'ra biroz past. Ular hozircha 8 o'yinda g'alaba nashidasini surishgan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика