Kroos: "Boshqa hech kim ketma-ket uch marta CHempionlar ligasi g'olibi bo'la olmaydi"
06 mar 2019 14:11
Yangiliklar
Kroos: "Boshqa hech kim ketma-ket uch marta CHempionlar ligasi g'olibi bo'la olmaydi"
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos CHempionlar ligasining 1/8 finalida "Ayaks"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Bizda yaxshi jamoa bor, mavsum davomida kuchli o'yin ko'rsatishga muvaffaq bo'ldik, ammo bizga barqarorlik etishmadi. Hafta davomida barcha turnirlarda mag'lub bo'ldik. Buni qabul qilish juda qiyin.
Odamlar sodir bo'lgan voqealarni tez unutishadi. Boshqa hech kim CHempionlar ligasida ketma-ket uch marotaba g'olib bo'la olmaydi.
"Ayaks"ni tabriklayman, ular bizdan kuchli edi. Mavsumning qolgan o'yinlariga jiddiy etibor qaratib, keyingi mavsumga tayyorlanishimiz lozim. Hozirgi tarkib avvalgidek kuchli. Ammo bu mavsum hech bir futbolchi o'z darajasida o'ynamadi. Omadsizliklarimizning asosiy sababi shu" - deydi Kroos.
Fikrlar