Kroos APL klublarining takliflarini rad etdi
02 jan 2023 01:16
Yangiliklar
Kroos APL klublarining takliflarini rad etdi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin edi.
32 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda va katta ehtimol bilan "Real" uning so'nggi klubi bo'ladi. Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi hech qaerga ketishdan manfaatdor emasligini bir necha bor takidlagan va Premer-liga vakillariga rad javobini bergan. Manbaning xabariga ko'ra, so'nggi transfer oynalarida Angliyaning bir qancha top-klublari Kroosni qo'lga kiritishga harakat qilishgan, ammo "qaymoqranglilar" faxriysi transferga qiziqish bildirmadi.
Yarim himoyachining "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar