"Kristal Pelas" etakchisi Ronalduning jamoadoshiga aylanadi
08 iyu 2023 10:17
Yangiliklar
"Kristal Pelas" etakchisi Ronalduning jamoadoshiga aylanadi
Tomonlar hamma narsani kelishib bo'ldilar.
"Kristal Pelas" vingeri Uilfrid Zaa Krishtianu Ronaldu o'ynayotgan "Al Nassr"ga o'tadi. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar hamma narsani kelishib olgan. Yaqin orada ular shartnoma imzolaydilar. Futbolchi Saudiya Arabistoni klubiga tekin o'tadi, chunki uning “burgutlar” bilan kelishuvi 30 iyunga qadar tuzilgan.
Zaa "Kristal Pelas" tarbiyalanuvchisi bo'lib, u erda 13 mavsum o'tkazdi. 30 yoshli ivuarlik futbolchi so'nggi mavsum barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Oldingi ikki mavsumda u jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar