So’nggi yangiliklar

09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  4 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1

Krishtianuga havas: posterlar va maydondagi birinchi uchrashuvi Yangiliklar

Krishtianuga havas: posterlar va maydondagi birinchi uchrashuvi

“Real” – “PSJ” uchrashuvidagi eng dramatik vaziyatlardan biri haqida.

Kilian Mbappe CHempionlar Ligasining o'tgan mavsumida futbol dunyosiga yorib kirgandan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarda: yosh bolakay o'z krovatida o'tirgani, xona devorlari esa Krishtianu Ronaldo suratlari aks etgan plakatlar bilan deyarli to'lib yotardi.


“U “Real” muxlisi, Krishtianu esa uning kumiri, – deb izoh berdi Kilianning otasi France Football nashriga bergan intervyusida. – U soatlab internetda Ronaldo o'yini haqidagi videolarni ko'rib o'tirardi”.

14 yoshida Mbappening omadi chopdi. Zinedin Zidan uni “Real”ga taklif qildi. Ammo yaqinda futbolchi otasi tan olganidek, oiladagilar hech qachon Madridga ko'chib o'tish borasida jiddiy o'ylab ko'rmagan.

Bir haftalik o'ziga xos ko'rik, shunchaki yosh bolakay uchun tug'ilgan kuniga sovg'a edi. “Santyago Bernabeu”da bo'lish, buyuklar mashg'ulotini bevosita kuzatish, Krishtianu Ronaldoning o'zi bilan ko'rishish va birga rasmga tushish baxti...


Bu rasm hamon Kilianning telefonida saqlanar ekan, ammo u endi o'zini mustaqil va atrofdagilarga taqlid qilmaydigandek ko'rsatishga harakat qilmoqda.

“Ronaldu – bolalikdagi kumirim, u bilan ko'rishish juda ajoyib. Ammo endi buning barchasi tarixda qoldi, – degandi Mbappe 2017 yil oxirida. – Men oldimga qo'ygan maqsadlar sari harakat qilaman. SHunday ekan raqib kim bo'lishining unchalik ahamiyati yo'q. Men “Bernabeu”ga g'alaba qozonish uchun ketyapman”.


Ispaniyadan zafar quchib qaytish nasib qilmadi, “zato” Kilianning orzusi ushaldi. U kumiri Krishni maydonda, o'zaro to'qnashuvdan so'ng quchoqlay oldi. Yoshlikda berilgan ko'ngil ayrilmas bir narsa ekan.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +87   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика