So’nggi yangiliklar

14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  0 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  0 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  1 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  3 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  5 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  22 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  9 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  18

Kovtun: "Dzyuba fikrini o'ylab gapirish kerak" Yangiliklar

Kovtun: "Dzyuba fikrini o'ylab gapirish kerak"

"Spartak"ning sobiq himoyachisi Yuriy Kovtun, "qizil-oqlar"ning tarbiyalanuvchisi Artyom Dzuyubani klubdagi xodimlarga nisbatan aytgan gapini tanqid qilib o'tdi.

Gap shundaki, Dzyuba o'z intervyularining birida, "Spartak"da shunday insonlar borki, ular uchun klub hech qanday rol o'ynamaydi",- degan edi. 

"Uning bu fikrlari meni ranjitdi. Faoliyatimni davom ettirayotgan kezlarim, sobiq jamoa va murabbiyga nisbatan xunuk fikr bildirish odobsizlikka kirardi. Biz bilan ham turli holatlar bo'lgan. Jamoadan xafa ketgan o'yinchi va mutaxassislarni ko'rardik. Lekin kamdan - kam hollarda ichki nizoni tashqariga olib chiqishardi. Biz bunga vijdonan haqqimiz yo'q edi deb bilar edik. Ayniqsa, sen o'zing tarbiya topgan klub haqida gapirsang", - deydi Kovtun.

So'zida davom etar ekan, bir necha marotaba Rossiya chempioni bo'lgan himoyachi shunday deydi:

- Bugungi yoshlar boshqacha tarbiya topishyapti. Hayotga boshqacha ko'z bilan qaraydilar, adolatparvar ko'rinadilar. Dzyubaning fikriga nima deyishim mumkin, Hurmatsizlik, anglashilmovchilik? Biron bir gap aytishga ojizman. U birinchi marotaba bunday yo'l tutmayapti, shuning uchun unga bu borada o'ylab gapirishni maslahat beraman.

Eslatib o'tamiz, uch karra Rossiya chempioni ayni paytda "Tosno" klubining bosh murabbiyi hisoblanadi.U 1994-2003 yillar oralig'ida Rossiya terma jamoasi sharafini jami 50ta uchrashuvda himoya qilgan.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика