So’nggi yangiliklar

00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  0 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   33 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  220 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6

Koronavirus Info. Namangan viloyatida koronavirusga chalinish holati qayd etilganligi bilan bog'liq rasmiy bayonot Yangiliklar

Koronavirus Info. Namangan viloyatida koronavirusga chalinish holati qayd etilganligi bilan bog'liq rasmiy bayonot

Namangan viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi Namangan viloyatida koronavirusga chalinish holati qayd etilganligi bilan bog'liq xabar yuzasidan quyidagilarni rasman malum qiladi:

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi orqali berilgan malumotga asosan koronavirus infekciyasi tarqalgan hududlardan kelgan, yani koronavirus infekciyasiga gumon qilingan shaxslar bilan muloqotda bo'lganligi aniqlangan 30 nafar Namangan viloyatida yashovchi fuqarolar 2020 yil 24 mart kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga karantin kuzatuvi uchun yotqizildi va barcha fuqarolardan virusologiya laboratoriyasiga tekshiruv uchun namunalar olindi.

Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi tahlil natijalariga ko'ra, Namangan shahrida yashovchi 1 nafar fuqarodan olingan namunalarda koronavirus infekciyasi borligi aniqlandi.

Olib borilgan epidemiologik surishtiruvlar jarayonida 1995 yilda tug'ilgan ushbu fuqaro 2020 yil 12 mart kuni Istambul-Toshkent TK-1368 reysi bilan O'zbekistonga kelgan hamda 24 martgacha uy sharoitida tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy kuzatuvga olinganligi malum bo'ldi. Ushbu fuqaro tadbirkorlik uchun Turkiya davlatiga borib qaytganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda ushbu fuqaro bilan oilaviy va yaqin muloqotda bo'lgan 11 nafar fuqarolar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilib karantin kuzatuviga olindi, shuningdek u bilan ikkilamchi muloqotda bo'lgan 43 nafar fuqarolar maxsus jihozlangan izolyatorlarga joylashtirildi. Hozirda ularning sog'ligi malakali mutaxassislar tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Yuqoridagi 54 nafar fuqarolardan virusologik tekshiruv uchun namunalar olindi, hozirda laboratoriya tahlillari davom ettirilmoqda.
Ushbu fuqaro bilan muloqotda bo'lganlarni aniqlash bo'yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Qo'shimcha malumotlar taqdim etiladi.

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari! Sizlarga televidenie, radio, ijtimoiy tarmoqlar orqali koronovirus tarqalishining oldini olish bo'yicha doimiy tavsiyalar berib borilmoqda, biz sizlardan tibbiyot xodimlari tomonidan berilayotgan maslahatlarga, tavsiyalarga amal qilishingizni, zarurat bo'lmagan hollarda ko'chaga chiqmaslikni, o'zingiz va oila azolaringizda kasallikning bironta alomati sezilganda xonadoningizga 103 telefon orqali tez tibbiy yordam shifokorlarini chaqirishingizni so'raymiz.

Davlatali Qosimov,
Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi o'rinbosari


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

 

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика