So’nggi yangiliklar

01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  16 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2

Koronavirus Info. 30 mart sanasidan O'zbekistonda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlar joriy etiladi Yangiliklar

Koronavirus Info. 30 mart sanasidan O'zbekistonda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlar joriy etiladi

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning topshirig'iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o'rnatilib, muayyan choralar ko'rilmoqda.

Xususan, 2020 yil 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar VILOYATLARARO, TOSHKENT VA NUKUS SHAHARLARI HAMDA VILOYATLAR MARKAZLARIDA Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Mazkur ruxsatnomalar quyidagi faoliyatlarni amalga oshirish uchun biriktirilgan avtotransport vositalariga taqdim etiladi:

- oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug'ullanadigan tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tashkilotlarda doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;

- Sanitariya va gigiena mahsulotlarini (koronavirus infekciyasidan himoyalovchi va dezinfekciya qiluvchi vositalar) ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari;

- Toshkent viloyatining Yuqori CHirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, CHilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari.

- Bunda, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchi xodimlari markazlashgan tartibda avtobus (mikroavtobus) orqali Koraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri, Toshkent shahri va viloyat markazlariga kiritishi belgilab qo'yilmoqda.

SHu bilan birga, respublika maxsus komissiyasining qarori bilan ko'chalarda harakatlanishi uchun quyidagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi:

- O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning diplomatik xizmati xodimlari hamda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining takliflariga muvofiq tashrif etilgan xalqaro tashkilotlarning delegaciyalari azolarining tegishli avtotransport vositalariga;

- Aholi va tashkilotlarga kommunal xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarga (gaz, elektr energiyasi, issiqlik taminoti, sovuq suv, suv oqava va boshqa tashkilotlar) tegishli avtotransport vositalariga;

- aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlarga tegishli avtotransport vositalari hamda “O'zbekiston pochtasi” AJning pochta jo'natmalariga;

- tijorat banklariga tegishli xizmat avtotransport vositalariga;

- tibbiy va epidemiologik xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalarning avtotransport vositalariga;

- huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus hamda qutqaruv korxonalarining avtotransport vositalariga;

- N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalariga hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini olib kelayotgan M1 (bir nafar yo'lovchi bilan) toifadagi avtotransport vositalariga;

- viloyat, shahar va tuman hokimlari va ularning o'rinbosarlarining avtotransport vositalariga;

- yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanish licenziyasiga ega bo'lgan yo'nalishsiz taksilarga (o'zlarining ro'yxatdan o'tgan mamuriy hududi doirasida) yo'lovchilarsiz, etkazib berish xizmati (kurer, dostavka)lariga;

- etkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalariga, shuningdek, yo'lovchi tashish xizmatini ko'rsatuvchi tashkilotlarning etkazib berish xizmatini ko'rsatayotgan avtotransport vositalariga;

- fuqarolarga kechiktirib bo'lmaydigan tez tibbiy yordam ko'rsatish (homiladorlik, tan jarohati, inson hayotiga xavf tug'dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog'liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalariga;

- dafn marosimlarida xizmat ko'rsatuvchi maxsus avtotransport vositalariga;

- yo'l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari shular jumlasidan.

Qayd etish lozimki, maxsus ruxsatnoma talab etiladigan avtotransport vositalariga (tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda) Maxsus ruxsatnomalar berish tizimi joriy yilning 29 mart soat 09:00 dan amaliyotga joriy etiladi.

Adliya vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanadigan boshqa avtotransport vositalari faqatgina ushbu muassasa va tashkilotlar faoliyati bilan bog'liq holda harakatlanishiga ruxsat beriladi. SHaxsiy manfaat yo'lida foydalanish qatiyan man etiladi.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика