Konte: "Tottenxem" futbolchilari durangdan mamnun bo'lishmadi"
08 may 2022 12:35
Yangiliklar
Konte: "Tottenxem" futbolchilari durangdan mamnun bo'lishmadi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi natija. Bahs yakunlanayotganda g'alaba uchun yaxshi imkoniyat yuzaga keldi.
"Liverpul"dan ochko olish oson emas, gap dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri haqida ketmoqda. Ayniqsa, "Enfild"da o'ynash - juda shovqin, atmosfera ajoyib, bosim yuqori.
Biz bunga yaxshi tayyorlandik, himoyada turib bera oldik, raqibga vaziyat yaratishi uchun yo'l qo'ymadik. "Liverpul"ning bosimiga chidash qiyin bo'ladi.
Jamoa o'yiniga ancha qo'sha oldi. Noyabr oyida kelganimdan keyin futbolchilar yuqori darajada mehnat qilishdi.
"Tottenxem" futbolchilari "Enfild"dagi durangdan qanoatlanishmadi, buni ko'rish yoqimli bo'ldi. Yaxshi o'yin ko'rsatdik va bazi joylarda raqibdan kuchlilik ham qildik", - dedi Konte.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar