Konte "Napoli"ni boshqarmaydi. Murabbiy yaqin orada ishga qaytish niyatida emas
12 okt 2023 00:46
Yangiliklar
Konte "Napoli"ni boshqarmaydi. Murabbiy yaqin orada ishga qaytish niyatida emas
Antonio stresslardan so'ng qayta tiklanib olishni maqsad qilgan.
Taniqli murabbiy Antonio Konte murabbiylik faoliyatiga hali beri qaytmoqchi emas. Avvalroq, uni "Napoli" bosh murabbiyi bo'lishi haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Konte o'zining ijtimoiy tarmoqlarlagi sahifalarida hali beri ishga qaytmoqchi emasligini malum qildi.
"Mening nomimni grand klublar bilan bog'lashayotganini eshitib qolyapman. Bu mish-mishlar asosga ega emas. Qaytaraman, hozir menda faqatgina oilam bilan vaqt o'tkazish maqsadi bor", -deb yozadi Antonio Konte.
Taniqli insayder Janluki Di Marcioning xabar berishicha, Konte moliyaviy sabablarga ko'ra emas, balki o'z shaxsiy sabablariga ko'ra "Napoli" taklifini rad etgan. Murabbiy qattiq stress jarayonidan so'ng, o'ziga kelib olishni maqsad qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar