Konte: “Keyn o'yinni fantastik o'tkazdi”
06 fev 2022 09:15
Yangiliklar
Konte: “Keyn o'yinni fantastik o'tkazdi”
“Tottenxem” ustozi Antonio Konte Angliya Kubogi 1/8 finalida “Brayton” ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g'alabadan keyin o'z fikrlarini bildirdi.
“Bunday darajadagi turnirda g'alaba qozonish juda muhim. Sifatli jamoaga qarshi ajoyib o'yin o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi.
Hammasi ajoyib o'tdi, Keyn ikkita gol urdi. Hisobni oshirish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo natija adolatli. Keyn gol urmasa ham doimo jamoa uchun o'ynaydi. U bugungi o'yinni fantastik o'tkazdi. Xarri biz uchun alohida ahamiyat kasb etuvchi o'yinchi hisoblanadi.
SHu ruhda davom etishni xohlaymiz va “Sautgempton”ga qarshi chorshanba kuni o'tadigan o'yinga tayyorlanamiz”, deydi Konte.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar