Konte "Inter" boshqaruvini o'z qo'liga olib, etakchi futbolchini jamoadan ketkazib yubormoqchi
05 apr 2019 21:13
Yangiliklar


Konte "Inter" boshqaruvini o'z qo'liga olib, etakchi futbolchini jamoadan ketkazib yubormoqchi
Antonio Konte "Inter" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, Konte jamoani boshqarishini klub bosh direktori Beppe Marotta istamoqda. U bir necha bora Konte bilan bog'langan. 49 yoshli mutaxassis so'nggi oylarda "Inter" bilan muzokaralar o'tkazmoqda.
Qayd etilishicha, u jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olsa, ilk navbatda Mauro Ikardini sotib yuboradi. Konte uning o'rniga Edin Jekoni transfer qilmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar