Koman: "PSJni qanchalik yaxshi ko'rishimni hamma biladi, ammo "Bavariya" keyingi bosqichga chiqishi uchun borimni beraman"
08 mar 2023 21:51
Yangiliklar
Koman: "PSJni qanchalik yaxshi ko'rishimni hamma biladi, ammo "Bavariya" keyingi bosqichga chiqishi uchun borimni beraman"
Bugun "Bavariya" va PSJ o'rtasida ECHL 1/8 final javob o'yini bo'lib o'tadi.
Ushbu o'yin haqida "Bavariya" futbolchisi, birinchi o'yindagi yagona gol muallifi Kingsli Koman fikr bildirdi.
"PSJni qanchalik yaxshi ko'rishimni hamma biladi. Buni ko'p ham gapirmaganman. Klubga hurmat bilan qarayman. Biroq, bu qarama-qarshilikda "Bavariya" keyingi bosqichga chiqishi uchun borimni beraman.
Nega birinchi uchrashuvda golimni nishonlamadim? O'yin boshida muxlislar meni rosa haqorat qilishdi, ammo men o'zimga "bir necha inson meni fikrimdan qaytara olmaydi" dedim. Gol urganda nishonlaging keladi, ammo men sobiq klubimga bo'lgan hurmatimni ko'rsatdim. Bugun gol ursam, albatta nishonlayman", -deydi Kingsi Koman.
Malumot uchun, "Bavariya" – PSJ uchrashuvi 01:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar