Klopp: “Siti”siz “Liverpul”da ko'proq titul bo'lardi. Gvardiolaning “Bavariya”si bo'lmaganda, “Borussiya D” bilan 2 hissa ko'proq sovrin yutardim”
24 apr 2022 08:45
Yangiliklar
Klopp: “Siti”siz “Liverpul”da ko'proq titul bo'lardi. Gvardiolaning “Bavariya”si bo'lmaganda, “Borussiya D” bilan 2 hissa ko'proq sovrin yutardim”
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “Man Siti”dagi hamkasbi Pep Gvardiola haqida fikr bildirdi.
“Ajoyib mavsum o'tkazmoqdamiz deb o'ylayman va hech narsa yutmasak ham shunday bo'lib qolaveradi.
Agar ikkimiz CHempionlar ligasi finaliga chiqsak, bu baribir yorqin mavsum bo'ladi, ammo g'oliblikni qo'lga kirita olmasak, unda yutgan holatdagi xurmatga ega bo'lolmaymiz. Ammo bu tabiiydir.
“Man Siti”siz hech bo'lmaganda bizda bittaga ko'proq titul bo'lardi, deb aytganman. SHu kabi "Borussiya D” bilan ham, agar Pep Gvardiola “Bavariya”da ishlamaganida, ikki hissa ko'proq sovrin yutardim. Biroq, bu meni g'azablantirmaydi. Mendan ustun bo'lganlarni doimo xurmat qilaman. Kuchli va zaif tomonlaringdan to'g'ri xulosa chiqarishing kerak”, deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar