Klopp: “Liverpul” APL chempionligi uchun poygadan chiqdi”
10 okt 2022 09:30
Yangiliklar
Klopp: “Liverpul” APL chempionligi uchun poygadan chiqdi”
Angliya chempionati 10-turida “Liverpul” safarda “Arsenal”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdan keyin mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Yaxshi formadagi jamoa (“Arsenal” nazarda tutilmoqda) yaxshi formada bo'lmagan jamoaga qarshi o'ynadi, ammo shunga qaramay yaxshi o'ynadik va o'zimizni ko'rsata oldik. O'ylashimcha, durang munosib natija bo'lardi, ammo endi buni qabul qilishga majburmiz. CHempionlik poygasi? Yo'q, undan chiqdik”, deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, “qizillar” turnir jadvalida 10 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda. Jamoani APL doirasida oldinda 16 oktyabr kuni “Manchester Siti”ga qarshi bahs kutmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar