So’nggi yangiliklar

11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  36 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  8 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3

Klaudio Raneri: "Men Konte va Allegrini juda hurmat qilaman" Yangiliklar

Klaudio Raneri: "Men Konte va Allegrini juda hurmat qilaman"

Mashhur italiyalik murabbiy FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

Malumki, italiyalik murabbiylarning jahon futbolida tutgan o'rni nihoyatda katta. Arrigo Sakki, Marchello Lippi, Fabio Kapello, Jovanni Trapattoni - bularning barchasi futbolda o'z izlarini qoldirishgan. FIFA talqiniga ko'ra, o'tgan yil jahonning "Eng yaxshi murabbiyi" deb topilgan Klaudio Raneri ham erishgan sovrinlari tufayli muxlislar qalbidan o'rin egallagan. 

Raneri ayni paytda Franciyaning "Nant" klubini boshqarmoqda. Mutaxassis yaqinda FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, yosh murabbiylardan Antoni Konte bilan Massimiliano Allegrini maqtab o'tdi. 

- Malumki, siz o'tgan yil "Eng yaxshi murabbiy" deb topilgandingiz. Bu mukofot siz uchun nimani anglatadi? 
- FIFAning nufuzli sovrini menga "Lester" bilan Angliya chempioni bo'lganim uchun berilganini bilaman. Bu sovrin men uchun juda qadrli, chunki u barchaga ham nasib etavermaydi.

- Bu yil eng yaxshi bo'lish uchun Zidan, Konte va Allegri o'zaro kurash olib borishadi. Sizningcha, yutuq kimga nasib etadi? 
- Men bu o'rinda bir kishini alohida ajratib ko'rsata olmayman. Ularning uchalasi ham yaxshi murabbiylar. Eng yaxshi bo'lishga davogarlardan ikki nafari italiyalik va bu meni xursand qiladi. Men Konte va Allegrini juda hurmat qilaman. Ular katta yutuqlarni qo'lga kiritishdi va hamon ularning jamoasi yaxshi o'yin ko'rsatishda davom etmoqda. Bu murabbiylar yosh va ularning g'alabalarga bo'lgan tashnasi juda yuqori.

- Italiyalik murabbiylar doim eng zo'rlaridan biri bo'lib kelishgan. Buning sababi nmada? 
- Menimcha, hamma gap italyan futbol maktabida bo'lsa kerak. Juda ko'pchilik Italiyaga kelib ishlashni xohlaydi, chunki Italiyaga kelgan odam tartin-intizom nimaligini o'rganadi. Qolaversa, ichki chempionat ham kuchli. Xoh murabbiy, xoh futbolchi uchun Italiya chempionati ko'p narsa beradi. 

- Qaysi italiyalik murabbiy futbolga eng katta tasir o'tkazgan deb o'ylaysiz? 
- Menimcha, bu Arrigo Sakki bo'lsa kerak. Uning Italiyada tasir doirasi juda katta bo'lgan. Sakkining "Milan"i qanday o'ynaganini ko'pchilik bilsa kerak. Muxlislar italyan futboli deganda himoyaviy o'yinni tushunishadi, ammo Sakki bu qarashni o'zgartira olgan. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика