"Echeverri tinmay mashq qildi, mehnat o'z natijasini ko'rsatdi" - Gvardiola
23 iyu 2025 11:18
Yangiliklar
"Echeverri tinmay mashq qildi, mehnat o'z natijasini ko'rsatdi" - Gvardiola
"Echeverri o'tgan mavsumda kelganidan beri, uch-to'rt oy davomida mashg'ulotlar oxirida yakka o'zi darvozabon va devor bilan jarima zarbalarini mashq qilardi. Boshqalar bunday qilmasdi.
U tinmay mashq qildi, mehnat o'z natijasini ko'rsatdi, unda jasorat va mahorat bor edi. Mashq qilish golf yoki basketbolga o'xshaydi: qancha ko'p harakat qilsangiz, shuncha ko'p imkoniyatga ega bo'lasiz. U ajoyib gol urdi va kichik bo'shliqlarda g'oyat mohir o'yinchi ekanligini isbotladi.
Afsuski, to'pig'idagi muammo tufayli tanaffusdan keyin o'yinni davom ettira olmadi, ammo bu musobaqadagi ilk daqiqalaridayoq ajoyib gol urgani juda yaxshi bo'ldi. Jarima zarbasi haqiqatan ham juda zo'r chiqdi.
Eng muhimi, biz keyingi bosqichga yo'l oldik.
Biz oldinga intilyapmiz va oxir-oqibat kuchli jamoalarga duch kelishimiz muqarrar. Braziliya jamoalari va Evropaning eng yaxshi klublari ishtirokidagi o'yinlarga guvoh bo'layotgandirsiz, ammo bu bizni uncha tashvishlantirmaydi.
"Yuventus" bilan o'yinimizga to'rt kun qoldi, undan keyin esa navbatdagi raqibimiz bilan uchrashuvimiz bo'ladi. Qo'shma Shtatlarda yana bir hafta qolayotganimizdan xursandman", – dedi Gvardiola.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar