Kin: "Manchester Yunayted" Simeoneni bosh murabbiy etib tayinlashi kerak"
25 fev 2022 14:13
Yangiliklar
Kin: "Manchester Yunayted" Simeoneni bosh murabbiy etib tayinlashi kerak"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Roy Kin klubga "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeoneni taklif etdi.
"Manchester Yunayted" Simeoneni bosh murabbiy etib tayinlashi kerak. Uning xarakteri mos keladi. Simeone "Atletiko"da qiyin davrni boshdan o'tkazmoqda. Ehtimol, Diegoning Madrid klubidagi yo'li nihoyasiga etgandir. Unga qo'ng'iroq qiling, bu katta shaxs. U buyuk ishlarni amalga oshirdi. Bu variant ishlashi mumkin", - deydi Kin.
51 yoshli argentinalik "Atletiko"da 2011 yildan beri ishlaydi. Madrid klubi uning qo'l ostida ikki bor La Liga, bir martadan Ispaniya Kubogi va Superkubogi, shuningdek ikki bor Evropa Ligasi g'olibi va UEFA Superkubogi egasiga aylangan.
"Manchester Yunayted"ning hozirgi bosh murabbiyi Ralf Rangnik hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди
Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"
Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин
U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar