"Kimmix ko'p yillar davomida "Bavariya" uchun muhim o'yinchi bo'lib kelgan"
05 avg 11:29
Yangiliklar
"Kimmix ko'p yillar davomida "Bavariya" uchun muhim o'yinchi bo'lib kelgan"
"Bavariya" direktori Kimmixning shartnomasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
Futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasi yakuniga etmoqda.
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl yarim himoyachi Joshua Kimmixning bitimi bilan bog'liq holat haqida to'xtaldi.
"Juda yaxshi va ijobiy suhbat bo'lib o'tdi. Biz yana muhokamalar qilamiz. Menimcha, Germaniyadagi umumiy tasavvur haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Joshua ko'p yillar davomida "Bavariya" uchun muhim o'yinchi bo'lib kelgan va kelajakda ham shunday bo'lib qolishi kerak", – dedi "Bavariya" rasmiysi.
29 yoshli xavbekning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Oldinroq futbolchi Myunxen klubini erkin agent sifatida tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar