So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Kim Dong Xi: “So'g'diyona”ning kelajagi porloq ekanligiga ishonganim uchun keldim" Yangiliklar

Kim Dong Xi: “So'g'diyona”ning kelajagi porloq ekanligiga ishonganim uchun keldim"

Teglar :  Kim Dong Xi
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "So'g'diyona"ga kelib qo'shilgan janubiy koreyalik tezkor yarim himoyachi Kim Dong Xi qisqa fursatda muxlislar ko'nglidan joy oldi.

Etiboringizga ushbu futbolchi bilan suhbatni taqdim etamiz.


- Kim, avvalo O'zbekistonga xush kelibsiz. “So'g'diyona” ni tanlashingizga nima sabab bo'ldi?

- Katta rahmat. O'zbekistonda kelganimdan xursandaman.”So'g'diyona”ning kelajagi bor deb ishonaman. Taklif bilan chiqishganida men xech ikkilanmay rozi bo'ldim. Faoliyatimni  yangi sahifadan boshlashga qaror qildim. Bu er menga yoqdi. Insonlari samimiy. Jamoam ham, ichki muhit ham alo darajada.

- O'zbek futboli haqida avval eshitgan edingizmi? Nima deb o'ylaysiz, Koreya futboli bilan qanday farqi bor?


- Koreyada o'zbek futboli haqida malumot topish va ular bilan aloqa o'rnatish qiyin edi. Asosan sobiq jamoadoshim Server Jeparov orqali bilar edim. “Lokomotiv” tarkibida faoliyat olib borgan do'stim CHo Suk Jee orqali biroz malumotga egaman. O'zbek futbolida intizom juda qattiq bo'lib, o'yinlar xuddi jang maydonlariga uxshaydi. Koreya futboli ham deyarli shunday. Ammo bu erda futbol ancha shiddatliroq.



- Kim, jamoadoshlaringiz va jamoadagi shart sharoitlar sizni qoniqtirayaptimi?


- Bu klub ko'nglimga yoqdi.  Hali O'zbekiston sharoitiga to'liqligicha moslasha olganim yo'q. Til va madaniyatimizda farq borligi uchun biroz qiynalayapman. Tezroq moslashib jamoamga foydam tegishini istayman. Yashash shart sharoitlarim yaxshi. Jizzax axolisi juda mehribon.

- Bugun Jizzaxda O'zbekistonning etakchi jamoalaridan bir “Nasaf”ni qabul qilasizlar. Bo'lajak o'yin oldidan qanday fikrdasiz?


- Rostini aytsam, men o'zbek klublari haqida u darajada ko'p malumotga ega emasman. Ayni kunlarda jamoalar va ularning o'yin uslubi haqida ko'proq malumot olishga harakat qilayapman. Biz bo'lajak bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va g'oliblik uchun maydonga chiqamiz. Mezbon sifatida albatta muxlislarga g'alaba taqdim etishni  istaymiz.


- Qisqa vaqt ichida jizzaxlik muxlislar yoqimtoyi bo'lib qoldingiz. Muxlislar haqida qanday fikrdasiz va ularga tilaklaringiz.


- Katta etibor va qiziqishingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bizga yanada kuch beradi. O'yinlarda g'alaba qozonish uchun barcha kuch va mehnatimizni ishga solamiz. Stadionga ko'plab muxlislar kelib bizni qo'llab-quvvatlaydi deb umid qilaman va oldindan o'z minnatdorchiligimni izhor etaman.


 “So'g'diyona” PFK matbuot xizmati

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика