So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  8 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  11 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

Kim chempion bo'ladi: A Seriya 37-tur yakunlari Yangiliklar

Kim chempion bo'ladi: A Seriya 37-tur yakunlari

Italiya chempionati 37-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Milan" "Atalanta"ni engdi

O'yin avvalida Bergamo jamoasi biroz xavfliroq hujumlar uyushtirardi. Luis Muriel uzoq masofadan zarba berdi, lekin posbon ham yaxshi o'ynadi. Taym o'rtalariga kelibgina "rossoneri" bosimni kuchaytira oldi, ammo Leao va Salemakersning zarbalariga aniqlik etishmadi. "Atalanta" esa ilk daqiqalardagi hamladan keyin .

Ikkinchi bo'lim avvalida "Atalanta" yana oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi, ammo bu samara bermadi. "Milan"ning birinchi jiddiy hujumi esa gol bilan yakunlandi. Mesyas to'pni oldinga tashladi, uni egallab olgan Leao katta tezlikda oldinga o'tib, kiper bilan yaqinlashib o'tirmay, zarba berdi. Maydonga Duvan Sapata tushgach "Atalanta" hujumlari keskinroq bo'ldi, ammo chinakamiga golli vaziyatgacha ish bormasdi. O'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida esa Teo mo'jizaga sababchi bo'ldi. "Milan"ning chap qanot himoyachisi to'pni o'z jamoasi jarima maydonchasi oldida egallab, bir nechta raqibini ortda qoldirib, katta tezlikda narigi jarima maydonchasiga etib bordi hamda Mussoning harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda yo'lladi. O'ta chiroyli gol va u klub tarixida qolishi turgan gap. "Atalanta" so'nggi daqiqada farqni qisqartirishi mumkin edi, Sapata raqibini dog'da qoldirib, zo'r zarba berdi, biroq Menyan tashlanib, xavfni bartaraf etdi. Natijada "Milan" g'alaba qozondi va etakchilikni saqlab turibdi.


"Inter" taslim bo'lmayapti

O'yinni "Kalyari" faolroq boshladi. Lyaonikis 3-daqiqadayoq kuchli zarba berdi, ammo Xandanovich tashlanib milanliklarni qutqarib qoldi. "Inter" sekin-asta o'yin tizginini o'z qo'liga oldi. Jarima zarbasidan uzatilgan to'p ustunga tegdi, keyin esa SHkrinyarga tekkan to'p darvoza to'riga borib tushdi, ammo takroriy lavhadan keyin gol bekor qilindi. "Neradzurri" hujum qilishda davom etdi va niyatiga etdi. Perishichning uzatmasidan keyin Darmian bir muddat havoda qolib, to'pni to'rga yo'lladi. Keyingi urinishdayoq Lautaro farqni oshirishi kerak edi, lekin Barellaning pasidan keyin ayyorona zarba bergan bo'lsada, Krano pand bermadi. Bir necha daqiqadan keyin Darmianning uzatmasidan Lautaro yana diqqat markazida bo'ldi. Avvaliga uning zarbasidan keyin to'p ustunga tegdi, keyin esa qaytgan to'pni u darvozaga aniq yo'llagandi, biroq Krano aqlbovar qilmas seyv ijro etib, gol bo'lishiga imkon qoldirmadi.

Tanaffusdan keyin ham Martines faolligi bilan ajralib turdi. Ko'p o'tmay u Barelladan to'pni qabul qildi va raqibini tanasi yordamida zararsizlantirib, zarba berdi. Bir qarashda, hammasi "neradzurri"ning ishonchli g'alabasiga qarab ketardi, biroq Lyaonikisning o'z rejalari bor edi. Greciyalik lateral jarima maydonchasi tashqarisidan shunday zarba berdiki, to'p maydonga bir sapchib darvoza to'ridan joy oldi. Simone Indzagi bunga o'zgarishlar bilan munosabat bildirdi. Aynan ular "Inter"ga bosimni davom ettirish imkonini berdi. Dyumfrisning uzatmasidan keyin Perishich zarba berdi, lekin urinishi biroz noaniq chiqdi. Biroz o'tib, Korrea qarshi hujumni boshlab berdi va to'pni yana o'sha Lautaroga etkazdi, argentinalik forvard esa to'pni Kranoning ustidan tashlab qo'ydi.


"Yuventus" va "Lacio" durang o'ynadi

"Burgutlar" uzoq cho'zib o'tirmay, o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rishganini isbotlab qo'yishdi. Milinkovich-Savichdan to'pni qabul qilib olgan Kataldi uzoq masofadan zarba berdi, to'p to'singa tegdi. Oradan 3 daqiqa o'tib, mezbonlar samaraliroq harakat qilishdi. Morataning ajoyib uzatmasidan keyin Dushan Vlaxovich boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. 17-daqiqada esa muhim voqea ro'y berdi, tribunadagilar olqishlari ostida Kellini maydonni tark etdi. Futbolchi "oq-qora" futbolkada 17 yilni o'tkazdi. "Yuventus" esa hujum qilishda davom etdi va bo'lim so'nggiga yaqin, yana bitta gol urdi. Kuadrado to'p bilan oldinga o'tib, Moratani ko'rdi, ispaniyalik forvard esa "Lacio" himoyasini o'z atrofida to'plab olgach, aylanma zarbasi bilan uzoq burchakni nishonga oldi. "Burgutlar"ning ham vaziyatlari bo'ldi, lekin ulardan foydalana olishmadi.

Tanaffusdan keyinoq mehmonlar gol urdi. Luis Albertoning burchakdan uzatgan to'pini Gabbaron darvozaga yo'llashda adashgandek edi, Aleks Sandro uni darvozaga burib yubordi. SHunday bo'lsada, "Yuventus" hisobni saqlab qolishga emas, ko'proq hujum qilishga urindi. Bernardeski to'pni tashlab bergach, Moyze Kin bir aylanib zarba berdi, biroz noaniq. "Lacio" esa ehtiyotkorlik bilan hujum qilardi. Bu holat faqatgina o'yin so'nggida o'zgardi. "Yuventus" hujumga berilib ketdi, natijada Bashich to'p bilan oldinga o'tib bordi va zarba berdi, Perrin jamoasini qutqradi, ammo Milinkovich-Savich qaytgan to'pga zarba berishda adashmadi. Qo'shimcha daqiqalarda hisobni tenglashtirgan "burgutlar" musobaqadagi holatini yaxshilab oldi.


SHomurodov "Roma"ni qutqarib qoldi

"Veneciya" futbolchilari maydonga tushar ekan, quyi divizionga tushib ketishini bilib turardi. SHunga qaramay, jon saqlash uchun g'alaba zarur jamoadek ilk soniyalardan oldinga otildi. 1-daqiqadayoq Aramuning qanotdan uzatgan to'pini Okerek darvozaga yo'llab, hisobni ochdi. Ko'p o'tmay, Pellegrinida yaxshi imkoniyat bo'ldi, lekin uning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. "Bo'rilar" katta kuch bilan hujum qilardi, "Veneciya" esa bo'lim o'rtasiga kelib, Kiyonening chetlatilishi oqibatida bir kishi kam bo'lib qoldi. Qizig'i, bundan keyin rimliklarning xavfli vaziyatlari ham qaergadir yo'qolib qoldi.



Tanaffusdan keyinoq "jalorossi" bosimni davom ettirdi. Brian Kristante uzoq masofadan darvoza to'sini va ustuni kesishgan joyni nishonga oldi. SHuningdek, Karsdorpda ham imkoniyat bo'ldi, ammo u to'pni o'ziga o'nglay olmadi va buning natijasida zarbasi ham o'xshamadi. "Veneciya"ga esa hammasidan ham darvoza ustuni/to'sinidan minnatdor bo'lishi zarur. Pellegrinining jarimadan yo'llagan yana bir zarbasi yana darvoza burchagiga tegib qaytdi. "Roma" qayta-qayta hujumlarga qaramay, gol urishni uddalay olmasdi. 60-daqiqada maydonga Jordan Veretu o'rniga Eldor SHomurodov tushdi. Aynan SHomurodov bilan devor uslubida o'ynagan Pellegrini qulay vaziyatga chiqib bordi, lekin to'pni darvozabondan o'tkaza olmadi. Qaytgan to'pga birinchi bo'lib SHomurodov etib bordi va kuchli zarb bilan hisobni tenglashtirdi. "Roma" endi g'alabani ham ilib ketish payiga tushdi. Biroq El-SHaaravining zarbasidan keyin ham to'p darvoza ustuniga tegdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida aynan u yaqin masofadan nazoratsiz qolgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi. Natijada, "Roma" "Lacio"ga yaqinlashib ololmadi, bu esa 5-o'ringa ko'tarilib olish qiyin bo'lishini bildiradi.


Sergey Rumyancev 

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика