So’nggi yangiliklar

01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  1 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  9 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2

KFC ishchisi etti yilda A Seriya to'purarlaridan biriga aylandi Yangiliklar

KFC ishchisi etti yilda A Seriya to'purarlaridan biriga aylandi

Har bir ishda bo'lgani kabi sportda ham orzular o'z-o'zidan ro'yobga chiqib qolavermaydi.

"Championat.asia"da ishlashimni bilgan aksar tanishlarim, futbolga malum darajada muxlislik qiladigan insonlar, "futbolchilarning hayoti zo'r-a, ularga mazzada", deganini ko'p eshitaman. 

Biroq natijaga erishish uchun tinmay mehnat qilish talab etiladi. Siz belgilagan marra qanchalik baland bo'lsa, shunchalik ko'proq ter to'kishingiz zarur bo'ladi.  

U yoki bu futbolchi yulduz darajasiga chiqqach, biz uning bugungi kuniga ko'proq etibor beramiz. Bosib o'tilgan yo'l esa ko'pincha etibordan chetda qolib ketadi. Biroq futbol olamida shunday voqealar borki, eshitib, o'qib lol qolasiz. 

Bugun KFC"da ishlayotgan biror yosh tanishingiz oradan 7 yil o'tib, A Seriyada to'p tepadi, o'ynaganda ham yaxshigina to'purar bo'ladi desak, ishonasizmi? Qiyin-a? Biroq portugaliyalik Betunkal Beto aynan shu yo'lni bosib o'tgan. Katta futbolga o'tish davri juda muhim bo'lgani sababli ushbu maqola tarjimasini etiboringizga taqdim etishga qaror qildik.  

Avvalgi turlardan birida "Lacio" darvozasi tomon oshiqayotgan "Udineze" hujumchisi Betu 33 km/s tezlik oldi. "Bor yo'g'i shunchami? Men juda sekin yugurayotgan ekanman-da", – deb xazillashdi o'yindan keyin futbolchi


33,32 km/s – A Seriyada mavsumning sakkizinchi (bu borada etakchi Dumfris - 35,02) va markaziy hujumchilar o'rtasida birinchi ko'rsatkich. SHu o'rinda Betuning bo'yi 196 sm va og'irligi 88 kg ekanligini inobatga olsak, chindan ajoyib ko'rsatkich.

"Udineze" 23 yoshli "gigantni" Portugaliyaning "Portimonenshe"sidan olib keldi. O'tgan mavsum Betu Evropa Braziliyasida 30ta o'yinda maydonga tushdi va 11 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Italiyada sportchi undanda samaraliroq harakat qilmoqda – 15 o'yinda 7ta gol, kechasi u "Milan" darvozasini ishg'ol qildi va chempionlik kurashidagi Pioli shogirdlari ochko yo'qotishiga sababchi bo'ldi.


Betuning hayotidagi jiddiy burilish nuqtasi Benfika futbol maktabidan xaydalishi bo'lgan. O'shanda qaxramonimiz 16 yoshda edi va mamlakatning eng nomdor jamoalaridan biri bo'ydor o'smirdan voz kechadi. Betu bir yil davomida KFC"da ishlaydi, sohil (plyaj)da do'stlari bilan futbol o'ynar va professional futbol haqidagi orzulari bilan xayrlashishga tayyor edi. Ammo shu vaqtda uning fikrini o'zgartiradigan inson topiladi. Betuning avvalgi klubi prezidenti yigitchani qaytishga ko'ndiradi, tunni klublarda o'tkazishni unutish va hayot tarzini o'zgartirishga, to'g'ri ovqatlanishiga va futbolga bor etiborini qaratishga majbur qiladi.

Astoydil mehnat samarasi o'laroq, oradan etti yil o'tib, Betu Italiya chempionatida gollar urmoqda, ularni xuddi LeBrondek nishonlayapti va top klublar etiboriga tushib ulgurdi. Aytishlaricha, hujumchi o'yinlarini "Inter" va "Atalanta" jiddiy tarzda kuzatib bormoqda. SHunday ekan, yaqin vaqtlar ichida ushbu futbolchini biror top klubda ko'rib qolsangiz, xayron bo'lmang.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика