Kevin De Bryuyne bitta sabab bilan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishni o'ylayotganini malum qildi
05 iyu 10:41
Yangiliklar
Kevin De Bryuyne bitta sabab bilan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishni o'ylayotganini malum qildi
Manchester Siti sardori Kevin De Bryuyne faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga tayyor ekanligini malum qildi.
«SHartnomam yakunlanishga ham bir yil qoldi. Menda kelajagim borasidagi savollarga javob berish uchun 12 oy vaqt qoldi. Hozirda 32 yoshdaman. Meni yoshimda har qanday yaxshi taklifni o'ylab ko'rsa bo'ladi. Gap juda katta miqdordagi pullar haqida ketmoqda.
Faoliyatimning so'nggi qismida katta pul ishlab olishim mumkin. Bazida shu narsa haqida ham o'ylab turish kerak. Agar men bir necha yil Saudiya Arabistonida futbol o'ynasam, moddiy tomondan juda zo'r holatga kelib olaman. Bu pullarni men Evropada yana 15 yil o'ynab ham topolmayman», — deb fikr bildirdi Kevin De Bryuyne.
Fikrlar