Kerrik "Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik murabbiyi bo'lishi mumkin
12 jan 18:35
Yangiliklar
Kerrik "Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik murabbiyi bo'lishi mumkin
Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manba malumotlariga ko'ra, Kerrik MYU rahbariyati hamda klub boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi INEOS kompaniyasi bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli o'tkazgan va ayni paytda jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlar ro'yxatida birinchi o'rinda turibdi. U hozirda bosh murabbiy vazifasini bajarib kelayotgan Darren Fletcherni almashtiradi.
Yangi murabbiyning nomi shu hafta elon qilinadi. Xabar qilinishicha, Kerrikning o'zi ham bu ishni qo'lga kiritishdan manfaatdor. Shuningdek, rahbariyat qarorini norvegiyalik mutaxassis Ole Gunnar Sulsher ham kutmoqda. U avvalroq "qizil iblislar"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi lavozimiga asosiy favorit hisoblangan edi.
Eslatib o'tamiz, 5 yanvar kuni klub rasman Ruben Amorim bosh murabbiylikdan ketganini malum qilgandi. Portugaliyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"ni 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar