So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Kenja To'raev, Magdeev, Yuriy Coy, Mullajonov, Jiyamurodov va Navro'zbek Alimov - Birinchi ligada ishlayotgan sobiq yulduzlar Yangiliklar

Kenja To'raev, Magdeev, Yuriy Coy, Mullajonov, Jiyamurodov va Navro'zbek Alimov - Birinchi ligada ishlayotgan sobiq yulduzlar

Teglar :  Birinchi liga
O'zbekiston birinchi ligasi qiziqarli musobaqa.

Abdulaziz Iskandarov 26 mart kuni bu yilgi Birinchi ligada o'ynaydigan yulduz futbolchilarni tanishtirgandi. Quyidagi materialda esa Birinchi liga murabbiylar shtabida ishlayotgan sobiq yulduz futbolchilar bilan tanishamiz:


Yuriy Coy - "Olimpik-Farm" darvozabonlar murabbiyi
2000-2012 yillar davomida O'zbekiston chempionatida faoliyat olib borgan sobiq darvozabonni ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. Coy faoliyati davomida "Buxoro", "Paxtakor", "Lokomotiv", "Mashal", "Andijon" va "Neftchi" kabi klublar darvozasini qo'riqlagan. Bugungi kunda yangi tashkil etilgan "Olimpik-Farm" klubida yosh posbonlarga darvozabonlik sir-asrorlarini o'rgatmoqda.





Ildar Magdeev - "CHig'atoy" murabbiy
2002 yildan 2012 yilgacha O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 23ta o'yinda maydonga tushgan Ildar Magdeevni tanishtirib o'tirishga hojat bo'lmasa kerak. 2001-2014 yillar davomida "Buxoro", "Paxtakor", "Lokomotiv", "Dinamo", "Oq-tepa" va Xitoyning "Cindao Jonun" klublarida to'p tepgan Magdeev bugungi kunda "CHig'atoy"da bosh murabbiy Dmitriy Kimga yordam bermoqda.




Odil Isaboev - "CHig'atoy" murabbiy
1999 yildan to 2013 yilgacha O'zbekiston chempionatida "Paxtakor", "Do'stlik", "Qizilqum", "Lokomotiv", "Andijon" va "Metallurg" kabi klublarda to'p tepgan himoyachi Odil Isaboev yodingizdami? Futbol muxlislarini uni asosan Bekoboddagi uzoq yillik faoliyatidan yaxshi tanishadi. Isaboev hozirda Magdeev singari "CHig'atoy"da murabbiy bo'lib ishlamoqda.

Andrey Snetkov - "Yangiyo'l" bosh murabbiy
Bir necha yil oldin O'zbekiston oliy ligasida hakamlik bilan shug'ullangan Andrey Snetkov ayni murabbiylik faoliyatini boshladi. Bu yil Birinchi ligada ishtirokini boshlagan "Yangiyo'l" klubi bosh murabbiyi aynan Snetkov ishlamoqda.

Kenja To'raev - "Nasaf-Farm" murabbiy

Qarshining "Nasaf" klubida to'p tepgan, 2008 yil O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo vice-chempioni bo'lgan, 2009 yilgi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etgan Kenja To'raev ayni paytda "Nasaf-Farm" klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda.




Navro'zbek Alimov - "Jayxun" murabbiy
Qoraqalpog'istonlik sobiq hujumchi Navro'zbek Alimov yodingizdami? "Paxtakor" klubidagi qisqa faoliyati va O'zbekiston milliy terma jamoasidagi BAA terma jamoasiga urgan golichi? Ayni paytda Alimov Nukusning "Jayxun" klubida murabbiy sifatida ishlamoqda.




Mirkamol Qosimov - "Bunyodkor-Farm" murabbiy
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning to'ng'ich farzandi Mirkamol bir necha yillardan buyon "Bunyodkor" akademiyasida ishlab kelayotgandi. Ayni paytda uni "Bunyodkor-Farm" klubi murabbiylar shtabida ko'rishimiz mumkin.

Oleg Qahhorov - "Bunyodkor-Farm" darvozabonlar murabbiyi
Qarshining "Nasaf" klubidagi faoliyati orqali ko'pchilikka tanish bo'lgan sobiq darvozabon Oleg Qahhorov ham Mirkamol Qosimov bilan birgalikda "Bunyodkor-Farm"da faoliyat olib bormoqda.

SHavkat Mullajonov - "Olimpiya" bosh murabbiyi
O'zbekiston milliy terma jamoasi safida ko'plab o'yinlarda maydonga tushgan sobiq himoyachi SHavkat Mullajonov butsalarini mixga ilganiga ko'p bo'lgani yo'q. Mullajonov Odil Ahmedov boshchiligida tashkil etilgan "Olimpiya" klubi bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda.




Artur Parvanov - "Olimpiya" darvozabonlar murabbiyi
Sobiq darvozabon Artur Parvanov bugungi kunda "Olimpiya" klubidagi yosh darvozabonlarga murabbiylik qilmoqda.

Ibrohim Rahimov - "Olimpiya" mamur
O'zbekiston terma jamoasi sobiq azosi Ibrohim Rahimov ham Mullajonov va Parvanov bilan birga "Olimpiya"da ishlamoqda.




Jahongir Jiyamurodov - "Yangier" bosh murabbiy
"Nasaf" bilan 2011 yil OFK kubogini qo'lga kiritgan Jahongir Jiyamurodov so'nggi yillarda turli klublarda murabbiylik qildi. Yanvar oyida Jiyamurodov "Yangier" bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика