So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

Katanecdan kutilgan va kutilmagan qarorlar yoxud O'mon taslim qilingan o'yin haqida (tahlil) Yangiliklar

Katanecdan kutilgan va kutilmagan qarorlar yoxud O'mon taslim qilingan o'yin haqida (tahlil)

Kuni kecha O'zbekiston terma jamoasi "CAFA nations cup" xalqaro turniri doirasidagi birinchi uchrashuvini O'mon terma jamoasiga qarshi o'tkazdi va ishonchli tarzda g'alabaga erishdi (3:0)

Terma jamoamiz ishonchli g'alaba tarzda g'alaba qozondi va muxlislarni xursand qildi. Kechagi uchrashuvdagi terma jamoamizning muvaffaqiyat siri nimada edi? O'yinni tahlil qilib chiqamiz.


Katanecdan "syurpriz"lar

Uchrashuvdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec ushbu musobaqa doirasida terma jamoaga chaqirilgan barcha futbolchilarga imkoniyat berishi va asosiy tarkibni ko'p o'zgartirishini aytib o'tgan edi. SHuningdek Katanec, ushbu musobaqada natijaga urg'u bermasligi, ko'proq "eksperiment" qilishini takidlab o'tgan edi.

"Ayrim sabablarga ko'ra asosiy tarkibdagi futbolchilarimiz bizga yordam bera olishmaydi, shu sabab yangi va yosh futbolchilarga imkoniyat beramiz. Agar ular o'zini yaxshi namoyish etsa, terma jamoada muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi. Ushbu musobaqa Osiyo Kubogi uchun tayyorgarlik bo'ladi" - degan edi Katanec.


Katanecning so'zlaridan so'ng, ko'pchilik terma jamoamiz yangi tarkib bilan o'ynashini kutayotgan edi. SHomurodovning "Speciya" tarkibida so'ngi uchrashuvda ishtirok etishi sababli terma jamoaga kelib qo'shilishi bir oz kechikdi, bu esa Qozog'iston chempionatida faoliyat yuritayotgan ikki hujumchimiz Bobir Abdiholiqov va Igor Sergeevlar uchun yaxshigina imkoniyat edi, shahsan men ham O'mon qarshi kechadigan uchrashuvda Abdiholiqovni asosiy tarkibda kutayotgan edim, lekin Bobir terma jamoa "lageri"ga kechroq qo'shilgani sababli, Katanec Bobirga ishonch bildirmadi va uni zaxira o'rindig'ida qoldirdi. O'yindan bir kun avval U-20 terma jamoasidan jalb etilgan Husanov va Fayzullaevlar ertangi uchrashuvda maydonga chiqishi aniq emasligini aytgan Katanec, ikkinchi bo'limda yosh futbolchilarga imkoniyat berdi va ular terma jamoamiz safida debyut uchrashuvlarini o'tkazishdi. Katanecning yana bir kutilmagan qarori Iskanderovning maydondagi poziciyasi bo'ldi. Jamshid O'monga qarshi kechgan uchrashuvda o'z poziciyasida harakat qildi, ushbu harakat "aqlli" futbolchimizga ko'proq to'p bilan bo'lishga imkoniyat yaratib berdi.



Taktika va uslub

O'monga qarshi kechgan uchrashuvda, terma jamoamiz dastlab 3-4-3 sxemasida o'yinni boshladi, lekin o'yin vaqtida ushbu sxema ko'p marotaba o'zgardi. Katanec shogirdlari o'yinni nazorat qilishdi va asosan qisqa paslar tayangan holda hujum qilishdi. Ushbu taktik uslub Iskanderov maydonda harakatlangani tufayli ish berdi. Himoya chizig'idagi "uchlik" Nasrullaev, Eshmurodov, Abdullaevlar kechagi uchrashuvda ishonchli o'yin namoyish etishdi va deyarli qo'pol xatolarga yo'l qo'yishmadi. SHuni takidlab o'tish kerakki terma jamoamizning ushbu yig'iniga "Rubin" futbolchisi Rustam Ashurmatov va "Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulovlar jalb etilmadi. O'yin vaqtida qanot himoyachilarimiz ham hujumda faol bo'lishdi. Sayfiev va Alijonov o'z qanotlarida raqib himoyachilarini ancha qiynab qo'yishdi. Maydon o'rtasidagi Xamrobekov va SHukurov "tandemi" ham namunali o'yin o'tkazdi va maydon o'rtasini to'liq "blok" qilishdi. Otabek SHukurov esa bir oz oldinroq harakat qildi va hujumlarga ko'proq qo'shildi, SHukurovning oldinroqda "aktiv" omili, Xamrobekovning ortdagi ishonchli o'yinidir. Vingerlarimiz Masharipov va O'runov o'yin davomida qanotlarda almashib harakat qilishdi. O'runov chap qanot va markaziy hujumchi poziciyasiga bir necha marotaba ko'chib o'tdi, Masharipov ham tez tez qanotlarini almashtirib turdi. O'runov Katanecning rejasiga ko'ra markaziy hujumchi vazifasini bajarishi kerak edi. Ostonning tezligi tufayli, unga markaziy hujumchi vazifasi yuklatilgan edi. Iskanderov o'yin davomida ortda to'p uchun ortga qaytib harakatlandi, u ko'proq "desyatka" vazifasini bajarib berdi. Kecha saytimizda Katanecda SHomurodovdan boshqa rejalar ham bormi, degan mazmunda maqola elon qilgan edik. Kechagi uchrashuv misolida aytishimiz mumkinki, murabbiy ikkinchi, uchinchi variantlarga ega. 

Kamchiliklar

Katanec o'zi ko'p marotaba takidlab o'tganidek. Ushbu tarkibning asosiy muammosi - jismoniy holat. Ikkinchi taymning so'ngi 15 daqiqaligida futbolchilarda charchoq holati sezilgandek. Taktik sxemalarni ko'p o'zgartirishini aytganligi sabab uslubga baho berishimizga hali erta, O'mon terma jamoasi avvalgidek kuchli emas ekanligiga kecha guvoh bo'ldik.

Umumiy fikrlar

O'mon terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Srechko Katanec kutilmagan qarorlari bilan raqibni hayron qoldirdi. Tanlangan taktik uslub va asosiy tarkib ham yakunda to'g'ri qaror bo'lib chiqdi. Bravo Katanec! Bravo yigitlar! 

Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика