So’nggi yangiliklar

16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  0 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  5 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  3 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  1 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  5 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  5

Katanec Osiyo kubogidagi raqiblari haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Katanec Osiyo kubogidagi raqiblari haqida fikr bildirdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Osiyo kubogining qura natijalariga ko'ra, guruhdagi bo'lajak raqiblari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, hamyurtlarimiz "B" guruhida Avstraliya, Suriya va Hindistonga qarshi kurash olib boradi.

"Qura natijalari haqida gapiradigan bo'lsam, barcha guruhlar bir-biriga yaqin darajada, yani har bir guruh juda murakkab. Bizning guruhdagi Avstraliya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri sanaladi. Suriyani ham hurmat qilamiz. Ularda kuchli futbolchilar, shu jumladan, yaxshi hujumchilar mavjud. SHu bois, bu jamoaga qarshi o'yinda ehtiyot bo'lishimiz lozim. Hindistonning turnirda bor kuchini berib o'ynashiga ishonaman. Ularning bazi uchrashuvlarini kuzatganman. Jamoada bosh murabbiy xorvatiyalik Igor SHtimac hisoblanadi. U juda yaxshi mutaxassis va jamoani turnirga yaxshi tayyorlay oladi. O'ylaymanki, biz qita birinchiligiga tayyor holatda boramiz. Barcha futbolchilarimiz jarohatlarsiz musobaqaga etib borishiga umid qilaman. Yaxshi natija ko'rsatishimizga ishonaman", dedi Katanec.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика