Kataloniyadagilar Iskoning "Barselona"ga bo'lgan muhabbati haqida eslatishmoqda
15 fev 2016 13:14
Yangiliklar
Kataloniyadagilar Iskoning "Barselona"ga bo'lgan muhabbati haqida eslatishmoqda
Kataloniya OAV "Real" yarim himoyachisi Iskoning Ispaniya Kubogi finali borasidagi fikriga javob berdi.
Oldinroq "Qirollik klubi" futbolchisi "Barselona" hamda "Sevilya" o'rtasidagi uchrashuv "Santyago Bernabeu"da bo'lishiga qarshi ekanligini aytgan edi.
Kataloniya internet-nashri Iskoning "Real"ga o'tishiga qadar "Barselona" muxlisi bo'lganini eslatdi. "Malaga"ning sobiq futbolchisi Lionel Messi o'yinidan ilhomlanib, o'z itiga Argentina terma jamoasi hujumchisi nomini bergan edi.
Ispaniya Kubogi finali 21 may kuni bo'lib o'tadi. O'yin bo'lib o'tadigan stadion nomi hozirgacha aniq emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar