Kataloniya derbisida "Barselona" g'olib bo'ldi
29 mar 2014 21:39
Yangiliklar

Kataloniya derbisida "Barselona" g'olib bo'ldi
Ispaniya chempionatining 31-turidan o'rin olgan "Espanol" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
YANGILASH
Ushbu sahifada o'yinning asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Uchrashuv boshlandi. 4-daqiqada Neymar boshi bilan darvozaga zarba berdi, biroz kuchsiz chiqdi.
10-daqiqada Messida juda yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, ammo darvozabon unga qarshi chiqib kelib to'pni qaytardi. 17-daqiqa Messi jarima to'pini o'ng oyog'i bilan amalga oshirdi, himoyachiga tegib qaytgan to'pni chap oyog'i bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq! 19-daqiqada Neymar juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 21-daqiqada Pinto sal qolsa to'p bilan birga darvozaga kirib ketardi. Ammo posbon to'pni chiziq ustida to'xtatib qoldi. Keyingi daqiqada Serxio Garsiya tomonidan oshirilgan to'pni Picci darvozaga yo'lladi, ammo zarba o'ta noaniq bo'ldi. 30-daqiqada mehmonlar burchak to'pini amalga oshirishdi, ammo samarasiz.
39-daqiqada Neymar hisobni ochishga yaqin kelgandi. Ammo Kolottoni aldab darvozaga yo'llagan zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi. 50-daqiqada Serxio Garsiya oldinga o'tdi, biroq Pike undan to'pni olishga erishdi. 53-daqiqada Fuentes jarima to'pini amalga oshirdi, Stuani havo jangida g'olib bo'ldi, ammo zarba o'xshamadi.
68-daqiqada Xavi burchak to'pini amalga oshirdi, Busketsning darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Kasilya qaytardi. 71-daqiqada Fabregasning pasidan so'ng Messi darvozaga zarba berishga ulgurmadi.
75-daqiqada hakam raqib jarima maydoni ichida Xavi Lopes to'pni qo'li bilan o'ynadi deb topdi va penalti belgiladi.
Mehmonlar penaltidan hisobni ochishdi. Messi gol urdi - 0:1.
80-daqiqada Neymarning zarbasidan so'ng to'pni Kasilya qaytardi.
83-daqiqada maydon egalari posboni Kasilya jarima maydonini tark etib to'pni qo'li bilan o'ynadi. Hakam ikkilanmay qizil kartochka ko'rsatdi. Qizig'i "Espanol"da boshqa o'zgarish qolmagan. Futbolchilardar biri darvozaga turadi.
85-daqiqada Xavi Lopes darvozaga turdi, Messi tomonidan amalga oshirilgan jarima to'pi noaniq ketdi. 89-daqiqada Xavi Lopes yaqin masofadan yo'llangan zarbadan so'ng to'pni qaytardi, qoyil!
90+2-daqiqada Sanchesning zarbasidan so'ng Lopes ajoyib harakat bilan to'pni qaytardi!
Uchrashuv tugadi, "Barselona" qiyin o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Espanol – Barselona 0:1
29 mart, 20.00, Kornelya El Prat
Gollar: Messi 77 penalti,
Espanol – Kasilya, Xavi Lopes, Kolotto, Moreno (Sidney, 47), Fuentes, V.Sanches, D.Lopes, Stuani, Picci (Aleks Fernandes, 66), Simau (Kordoba, 78), Serxio Garsiya.
Barselona – Xose Pinto, Dani Alves, Pike, Maskerano, Alba, Buskets, Xavi, Fabregas (Serxi Roberto, 90), Pedro (Iniesta 78), Messi, Neymar (Aleksis Sanches, 82).
Ogohlantirishlar: Kristianu Stuani 26, Buskets 45,

Fikrlar