So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  0 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  4 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  5 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  89 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12

Kassano: "Mourinyu hech qachon buyuk murabbiy bo'lmagan" Yangiliklar

Kassano: "Mourinyu hech qachon buyuk murabbiy bo'lmagan"

Portugaliyalik mutaxassis italiyalik sobiq futbolchi tomonidan "siylandi".

Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Antonio Kassano "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyuni tanqid qildi.

"Mourinyu hech qachon buyuk murabbiy bo'lmagan – u shunchaki OAV bilan qanday o'ynashni bilardi va ajoyib muloqotchi edi. U kuchli o'yinchilar bilan muomala qilishni yaxshi biladi, lekin unchalik kuchli bo'lmaganlar bilan muvaffaqiyat qozona olmaydi. Buyuk o'yinchilar bilan do'stona munosabatda bo'lish juda oson.

"Roma"da shunchaki ofat ortidan falokat kelmoqda. U ularni Nemanya Matich va Ruy Patrisiuga pul sarflashga majbur qildi, bu uning qarorlari edi. U juda tez-tez o'zini yomon tutdi. O'tgan kuni "Roma" o'yinini ko'rib, qusgim keldi. U qanday qilib jamoa tuzishni bilmaydi. Hatto ikkinchi jamoangiz bilan ham "Kremoneze" ustidan g'alaba qozona olishingiz kerak.

Karsdorp bilan mojaroga borgan Mourinyu uni hammaning ko'z o'ngida haqorat qilgan. Endi Karsdorp qaytmoqda, kim biladi nega? Bu butunlay tartibsizlik edi. Zanologa kelsak, u bu haqda gapira oladi. Bir yarim yil davomida "Roma" munosib futbol o'ynamadi", – dedi Kassano.

Avvalroq Mourinyu dekabrda "Roma"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика