Karrager: "Erik ten Hag qo'l ostidagi MYU ser Aleksdan keyin hech bir murabbiy ko'rsatmagan o'yinni namoyish etmoqda"
11 fev 2023 11:21
Yangiliklar
Karrager: "Erik ten Hag qo'l ostidagi MYU ser Aleksdan keyin hech bir murabbiy ko'rsatmagan o'yinni namoyish etmoqda"
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager MYU, xususan, ten Hag haqida ijobiy fikrlarni bildirdi.
"Yunayted"da nima bo'layotgani meni xavotirga solmoqdami? Ha, men ten Hag bilan hamma narsa boshqacha ketayotganini his qilyapman. Ularning oldingi barcha murabbiylari atrofida juda ko'p salbiy fikrlar mavjud edi. Joze rahbariyat bilan tinmay janjallashardi, van Gal o'zining o'yin uslubi uchun muxlislar tanqidiga uchrardi va Ole "Yunayted"ga sovrin keltira olishiga hech kim ishonmasdi.
Ammo hozir ularda o'zi nima qilayotganini biladigan murabbiy borga o'xshayapti. Qolaversa, "Yunayted" biz uzoq vaqtdan beri ko'rmagan ruhga ega. Ular qaytayotganga o'xshaydi... Hozir klub ser Aleksdan keyin hech bir murabbiy ko'rsatmagan o'yinni namoyish etmoqda. Xullas, ha, bu meni juda bezovta qilyapti!".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar