So’nggi yangiliklar

21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  4 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  6 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  7 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  9 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

Karlush Keyrushning xayrlashuv so'zlari Yangiliklar

Karlush Keyrushning xayrlashuv so'zlari

Kecha bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi dastlabki yarim finalida Eron yirik hisobda mag'lubiyatga uchrab musobaqani tark etdi.

Ushbu Osiyo Kubogida ko'pchilik Eron terma jamoasidan chempionlikni kutayotgandi. Lekin forslar musobaqaning yarim finalida o'z yurishlarini to'xtatishdi.

Eron kecha kutilmaganda Yaponiyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoa ustozi Karlush Keyrush xayrlashayotganini malum qildi:

"Avvalo shuni aytishim kerak, jamoam bilan faxrlanaman. Eron terma jamoasini uzoq vaqt boshqardim, hammasi fantastik darajada bo'ldi, futbolchilar bilan uzun masofani bosib o'tdik".

"Bu erga finalda o'ynash uchun kelgandik, lekin bir qadam qolganda turnirni tark etyapmiz. SHu erda hammmasi tugaydi. Men qo'limdan kelgancha ishladim. Ortda qolgan 8 yil men uchun juda yaxshi o'tdi. SHunday futbolchilarni shug'ullantirganimdan baxtiyorman. Men terma jamoaning keyingi faoliyatida omad tilab qolaman".

"Bugun faqat bir jamoa maydonda ko'rindi: bu esa Yaponiya. Tan olishim kerak, finalga eng yaxshi jamoa yo'l oldi. Men Yaponiyani finalga chiqqani bilan tabriklayman. Lekin eng katta rahmatni o'z futbolchilarimga aytaman. Ular qiyin vaziyatlarda ham menga dalda bo'la olishdi. Umrimning qolgan qismida Eronda o'tkazgan vaqtimni aslo unutmayman. Barchangizga tashakkur".

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика