So’nggi yangiliklar

17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  1 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  5 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  7 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  13 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  4 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0

Karlos Valderrama haqida Yangiliklar

Karlos Valderrama haqida

Moziy yulduzlari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.


Bu galgi qahramonimiz Kolumbiya terma jamoasi afsonasi Karlos Alberto Valderrama bo'ladi.


Karlos Alberto Valderrama haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan sanasi
: 1961 yil, 2 sentyabr.
Tug'ilgan joyi: Kolumbiya, Santa-Marta shahri.
Bo'yi: 175 sm
Poziciyasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: "Union Magdalena" (1981-1983), "Milonarios" (1984), "Deportivo Kali" (1985-1988), "Monpele" (1988-1991), "Real Valyadolid" (1991-1992), "Independente Medelin" (1992), "Atletiko Xunior" (1993-1995), "Tampa Bey Myutini" (1996-1997), "Deportivo Kapi" (1997), "Mayami Fyujn" (1998-1999), "Tampa Bey Myutini" (1999-2001), "Kolorado Repidz" (2001-2002)
Terma jamoadagi faoliyati: Kolumbiya (1983-1998)


Karlos Valderrama haqida gap ketganda avvalo ushbu futbolchining o'zgacha ko'rinishdagi soch turmagi tilga olinadi. Valderrama nafaqat soch turmagi bilan, balki o'zining ajoyib o'yinlari va yuqori mahorati orqali minglab muxlislar mehrini qozonishga muvaffaq bo'lgan.


Valderramaning futbolchilik faoliyati asosan Kolumbiyada kechgan. Uning dastlabki jamoasi "Union Magdalena" hisoblanadi. Ushbu jamoa safida qahramonimiz uch yil to'p surgan. Valderramani keyingi bekati Franciya bo'ladi. "Monpele" safiga o'tgan Valderrama u erda uch mavsum o'ynaydi va jamoaning etakchi futbolchisiga aylanadi. Valderrama gol urishdan ko'ra, jamoadoshlarini golli vaziyatlarga chiqarishni, chiroyli to'p uzatmalarni amalga oshirishni xush ko'rardi. Valderramada maydonni ko'rish, o'yinni o'qiy olish qobiliyati juda kuchli bo'lgan.

Valderrama orada bir Ispaniyaga ham ketadi. U erda "Real Valyadolid" tarkibiga qo'shilgan qahramonimizning ishlari unchalik yurishmaydi. Orada jarohat ham unga pand beradi.
Uzoq vaqtni maydondan tashqarida o'tkazib yuborgan Valderrama o'z vatani Kolumbiyaga qaytadi. "Atletiko Xunior" jamoasiga o'tgan Valderrama bu erda o'zining yorqin o'yinlarini ko'rsatib yana o'zining avvalgi sport formasini tiklaydi.



Valderramaning eng yaxshi o'yinlaridan biri bu 1990 yilgi mundialda Germaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda bo'ladi. Aynan shu bahsda Valderrama jamoadoshi Freddi Rinkonga chiroyli va aniq to'p uzatmani amalga oshiradi va bu gol bilan yakunlanadi. SHu gol Kolumbiyani mag'lubiyatdan qutqarib qolish bilan birga jamoani pley-off bosqichiga olib chiqadi. Bu natija esa Kolumbiya terma jamoasi tarixida o'sha paytdagi eng yaxshi natija bo'ladi.

Valderrama Kolumbiya terma jamoasida juda katta figura, haqiqiy etakchi bo'lib kelgan. Ushbu terma jamoaning eng gullagan davri Valderramaning ishtiroklari bilan bog'liq.

Valderrama ikki bor Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ladi.

Futbolchi faoliyatining so'nggi qismini MLSda, yani AQSHda o'tkazadi. Bu orada esa Valderrama AQSHda bir marta yilning eng yaxshi futbolchisi deya topiladi.



Valderramaning erishgan yutuqlari
:

- Kolumbiya chempioni (1993, 1995)
- Franciya kubogi sohibi (1990)
- Jahon chempionati ishtirokchisi (1990, 1994, 1998)

SHahsiy yutuqlari:

- Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi (1987, 1993)
- MLSda yilning eng yaxshi futbolchisi (1996)



Bu esa hozirgi 54 yoshni qarshilagan Valderrama. Qahramonimiz ayni paytda o'zining sevimli jamoasi "Atletiko Xunior"da yordamchi murabbiy bo'lib ishlamoqda.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика